ENRU

AQSh Kosmik kuchlari kvant energiyali mikrochiplar yaratadi

Texnologiya
56
AQSh Kosmik kuchlari kvant energiyali mikrochiplar yaratadi
Amerika Qo‘shma Shtatlari Kosmik kuchlarining texnologik startaplarni qo‘llab-quvvatlovchi SpaceWERX bo‘linmasi Casimir kompaniyasi bilan yangi turdagi energiya manbasini yaratish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda One.uz xabar beradi.

MicroSparc deb nomlangan ushbu loyiha kvant vakuumi energiyasidan foydalangan holda uzluksiz elektr toki ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mikrochiplarni ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Hozirgi bosqichda mutaxassislar ushbu qurilmaning texnik jihatdan qanchalik hayotga tadbiq etilishi mumkinligini va AQSh Harbiy-havo kuchlari talablariga javob berishini sinovdan o‘tkazishadi.

Mazkur texnologiya, ayniqsa, an’anaviy energiya manbalarini yetkazib berish qiyin bo‘lgan olis hududlarda avtonom elektr ta’minotini yo‘lga qo‘yish uchun xizmat qilishi kutilmoqda. Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar dastlabki bosqichda bo‘lib, odatda bunday shartnomalar 75 mingdan 180 ming dollargacha bo‘lgan mablag‘ni o‘z ichiga oladi.

Casimir kompaniyasi vakillari moliyalashtirishning aniq miqdorini ochiqlamagan bo‘lsa-da, tadqiqotlar bir yilgacha davom etishi ma’lum qilingan. Qurilmaning ishlash prinsipi kvant fizikasidagi Kasimir effektiga asoslangan bo‘lib, u juda kichik masofadagi ikki sirt orasida yuzaga keladigan elektromagnit tebranishlar farqidan foydalanadi.

Kvant fizikasi va texnologik yechim MicroSparc qurilmasining asosiy g‘oyasi 1948-yilda fizik Hendrik Kasimir tomonidan ilgari surilgan nazariyaga tayanadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra, bir-biriga juda yaqin joylashgan ikki o‘tkazuvchi sirt orasida vakuum energiyasining notekis taqsimlanishi natijasida tortishish kuchi hosil bo‘ladi.

Casimir kompaniyasi muhandislari kremniy asosga o‘rnatilgan maxsus nanoustunlar yordamida ushbu kuchni yo‘naltirilgan elektronlar oqimiga, ya’ni elektr tokiga aylantirishni maqsad qilgan. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, millionlab shunday kichik bo‘shliqlar bitta chipga jamlanadi va ular yagona zanjir orqali quvvat ishlab chiqaradi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu chiplarning quvvati kichik quyosh panellari yoki akkumulyatorlar bilan tenglashishi mumkin. Kelajakda kristallarni uch o‘lchamli shaklda joylashtirish orqali ishlab chiqariladigan energiya hajmini yuz barobar oshirish rejalashtirilgan.

Ilmiy bahslar va kelajak istiqbollari Ushbu loyiha ilmiy doiralarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ayrim mutaxassislar kvant vakuumidan uzluksiz foydali energiya olish imkoniyatiga shubha bilan qaramoqdalar va uni amalga oshirib bo‘lmas g‘oya deb hisoblashmoqda.

Biroq Casimir asoschilaridan biri, NASAning sobiq xodimi Harold Uaytning ta’kidlashicha, Kasimir effektining o‘zi allaqachon fanda isbotlangan hodisa bo‘lib, asosiy vazifa uni amaliy va barqaror energiya manbasiga aylantirishdan iborat. Agar ushbu texnologiya o‘zini oqlasa, u energetika sohasida haqiqiy inqilob yasashi mumkin.

Qurilma hech qanday yoqilg‘i talab qilmasdan, faqat kvant maydoni hisobiga ishlashi uning koinot tadqiqotlari va harbiy sohada tengsiz manbaga aylanishini ta’minlaydi. Hozirda loyihaning amaliy samaradorligi va mustaqil laboratoriya sinovlari natijalari kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli ta'lim ekotizimini rivojlantirish to'g'risida taqdimot bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli ta'lim ekotizimini rivojlantirish to'g'risida taqdimot bilan tanishdi
O‘zbekistonda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘rgatish va raqamli ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur hayotga tatbiq etilmoqda. Bu haqda One.uz xabar
TexnologiyaKecha, 18:34
Ota-onalar farzandlarning baholarini my.gov.uz orqali ko‘rishi mumkin
Ota-onalar farzandlarning baholarini my.gov.uz orqali ko‘rishi mumkin
Endi ota-onalar farzandlarining maktabdagi baholari, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlarni my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali masofadan turib
TexnologiyaKecha, 09:56
O'zbekistonda Google Pay to'lov tizimi ishga tushirildi
O'zbekistonda Google Pay to'lov tizimi ishga tushirildi
O‘zbekistonda Google Pay elektron to‘lov tizimi rasmiy ravishda ishga tushirildi. Bu haqda 19 oktyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan tadbirda Google Cloud vakili Marsin
Texnologiya12:26, 19-10-2026
Telegram «News» bo‘limi «Added» va «For You» qismlariga bo‘linadi
Telegram «News» bo‘limi «Added» va «For You» qismlariga bo‘linadi
Telegram messenjeri yaqin kelajakda o‘z konsepsiyasini kengaytirib, ijtimoiy tarmoqlar ichidagi tavsiyalar algoritmini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Platforma
Texnologiya16:51, 16-10-2026
Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Zamonaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan mobil telefonlar nafaqat aloqa vositasi, balki salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi manba hamdir. Mikrobiolog
Texnologiya23:39, 12-10-2026
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O‘zbekistonlik talabalar uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google
Texnologiya16:56, 12-10-2026