ENRU

NASA New Horizons apparatidagi ikkita ilmiy asbobni o‘chirib qoyishi mumkin

Texnologiya
36
NASA New Horizons apparatidagi ikkita ilmiy asbobni o‘chirib qoyishi mumkin
AQShning Aerokosmik maʼmuriyati NASA oktabr oyida New Horizons kosmik apparatidagi ikkita ilmiy asbobni moliyalashtirishni to‘xtatish sababli o‘chirib qoyishga majbur bo‘lishi mumkin. Bu haqda One.uz xabar beradi.

Ushbu holat, zond Quyosh tizimining chekka hududlariga yaqinlashgan paytda yuzaga kelib, ilmiy jamoatchilikda keskin ehtirozlarni keltirmoqda. Ixbt.com xabari muammo, oxirgi ikki moliyaviy yil davomida zarur bo‘lgan 2 million dollar mablag‘ning ajratilmaganligi bilan bog‘liq.

Asboblarni qo‘llab-quvvatlash uchun talab etiladigan ushbu mablag‘, ma’lumotlarni qabul qiluvchi, qayta ishlovchi va tahlil qiluvchi muhandislar va olimlarning mehnatiga haq to‘lash uchun zarur. Agar moliyalashtirish tiklanmasa, Quyosh shamoli zarralarini o‘rganuvchi ikkita muhim qurilma — energiyaga boy zarralarni qayd etuvchi PEPSSI va kamroq energiyaga ega Quyosh shamoli zarralarini o‘lchovchi SWAP — faoliyatini to‘xtatadi.

Ilmiy o‘lchovlarning ahamiyati Mazkur asboblar yordamida olingan ma’lumotlar Quyoshning Pluton orbitasidan ancha uzoqdagi fazoga ta’sirini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, ularning yordamida yulduzlararo fazodagi neytral atomlar bo‘lgan zaryadsiz ionlar o‘lchanadi.

Bu zaryadsiz atomlar ionlashgandan keyin Quyosh shamoli tomonidan ushlab qolinadi va uning energiyasini olib qoyib, oqim keskin sekinlashadigan hududdagi jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda New Horizons kosmik apparati Yerga nisbatan Quyoshdan 66 marta va Plutondan ikkibabar uzoqroqda harakatlanmoqda.

Yaqin yillarda u Quyosh shamolining o‘ta tovushli oqimi keskin tormozlanadigan zarba to‘lqiniga yetib borishi va keyin geliopauza — Quyosh shamoli hosil qilgan makon chegarasi — sari yolini davom ettirishi kutilmoqda. New Horizons «Voyager» apparatlaridan farqli ravishda boshqa yo‘nalishda harakatlanayotgani bois, eski qurilmalar uchun mavjud bo‘lmagan uzoq hududlar haqida noyob ma’lumotlarni taqdim eta oladi.

Qarorning salbiy oqibatlari Mutaxassislarning fikricha, mazkur asboblarning o‘chirilib qoyilishi ortga qaytarib bo‘lmaydigan zarba berishi mumkin. Agar qurilmalar hozir o‘chirilsa va bir necha yildan keyin NASA uchun yangi fazo hududida kuzatuvlar olib borish zarurati tug‘ilsa ham, boy berilgan o‘lchovlarni keyinchalik tiklab bo‘lmaydi.

Vaholanki, New Horizons apparatining o‘zi 2050-yilgacha ishlashga qodir bo‘lib, geliopauzadagi chegaradan o‘tib yulduzlararo fazoga chiqqungacha tadqiqotlarni davom ettirish salohiyatiga ega. Moliyaviy muammo NASA ichidagi mablag‘larni taqsimlash jarayonida yuzaga kelgan.

Missiyaning asosiy xarajatlari — yiliga taxminan 10 million dollar — planetologiya bo‘linmasi tomonidan qoplanadi, biroq yana 2 million dollar har yili geofizika byudjetidan kelib tushishi lozim edi. Ushbu mablag‘ bir necha yil davomida ajratib kelgan bo‘lsa-da, 2025- va 2026-moliyaviy yillarda moliyalashtirish to‘xtatildi.

Bu karor, ilmiy tadqiqotning doimiyati va Quyosh tashqari fazodagi jarayonlarni tushunish uchun muhim resurslarni himoya qilish zaruratini ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli ta'lim ekotizimini rivojlantirish to'g'risida taqdimot bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raqamli ta'lim ekotizimini rivojlantirish to'g'risida taqdimot bilan tanishdi
O‘zbekistonda yoshlarni yuqori daromadli kasblarga o‘rgatish va raqamli ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur hayotga tatbiq etilmoqda. Bu haqda One.uz xabar
TexnologiyaKecha, 18:34
Ota-onalar farzandlarning baholarini my.gov.uz orqali ko‘rishi mumkin
Ota-onalar farzandlarning baholarini my.gov.uz orqali ko‘rishi mumkin
Endi ota-onalar farzandlarining maktabdagi baholari, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlarni my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasi orqali masofadan turib
TexnologiyaKecha, 09:56
O'zbekistonda Google Pay to'lov tizimi ishga tushirildi
O'zbekistonda Google Pay to'lov tizimi ishga tushirildi
O‘zbekistonda Google Pay elektron to‘lov tizimi rasmiy ravishda ishga tushirildi. Bu haqda 19 oktyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan tadbirda Google Cloud vakili Marsin
Texnologiya12:26, 19-10-2026
Telegram «News» bo‘limi «Added» va «For You» qismlariga bo‘linadi
Telegram «News» bo‘limi «Added» va «For You» qismlariga bo‘linadi
Telegram messenjeri yaqin kelajakda o‘z konsepsiyasini kengaytirib, ijtimoiy tarmoqlar ichidagi tavsiyalar algoritmini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Platforma
Texnologiya16:51, 16-10-2026
Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Smartfon ekranidagi bakteriyalar hojatxonadagidan o'n barobar ko'p ekani aniqlandi
Zamonaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylangan mobil telefonlar nafaqat aloqa vositasi, balki salomatlik uchun jiddiy xavf tug‘diruvchi manba hamdir. Mikrobiolog
Texnologiya23:39, 12-10-2026
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O'zbekistonlik talabalar uchun Google Gemini xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi
O‘zbekistonlik talabalar uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google
Texnologiya16:56, 12-10-2026