Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+19°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

«BYD» brendi Shark pikapini Yevropa bozoriga chiqarmoqda

Avto
35
«BYD» brendi Shark pikapini Yevropa bozoriga chiqarmoqda
Xitoy BYD brendi birinchi pikap modelini Shark deb nomlab Buyuk Britaniya va Yevropa bozorlarda sotuvga chiqarishini rasman tasdiqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu qadam jahon avtomobil bozorida, ayniqsa pikaplar segmentida yangi raqobat muhitini yuzaga keltirishi kutilmoqda. Shark modeli faqat texnik imkoniyatlari bilan emas, balki gibrid texnologiyasi bilan ham an’anaviy ichki yonuv dvigatelli raqiblariga jiddiy xavf tug‘diradi.

Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi. Yangi Shark modeli asosan Ford Ranger PHEV kabi yetakchi avtomobillar bilan raqobatlashish uchun mo‘ljallangan.

Autocar nashri ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil Shark 6 nomi ostida ham tanilgan bo‘lib, u plug-in gibrid (PHEV) tizimi bilan jihozlangan. Bu esa haydovchilarga ham elektr quvvati, ham benzin dvigatelidan unumli foydalanish imkonini beradi.

Texnik xaqida hozircha Britaniya bozori uchun aniq texnik xususiyatlar to‘liq ochiqlanmagan, lekin Avstraliya bozori uchun mo‘ljallangan variant uning imkoniyatlari haqida tasavvur beradi. BYD Shark 1,5 litrli yoki 2,0 litrli turbo-benzinli dvigatellar bilan taklif etiladi.

Har ikki variant ham ikkita elektr motor (har bir o‘qda bittadan) bilan boyitilgan bo‘lib, to‘liq uzatmali tizimni hosil qiladi. 1,5 litrli dvigatelga ega model 430 ot kuchi va 637 Nm aylantirish lahzasini taqdim etsa, 2,0 litrli quvvat agregati 470 ot kuchi va 700 Nm ko‘rsatkichga ega.

Avtomobil harakatlanish davomida asosan elektr motorlariga tayanadi, benzinli dvigatel esa ko‘proq generator vazifasini o‘taydi yoki yuqori tezliklarda yordamga keladi. Avtomobilga 29,6 kW/soat quvvatga ega litiy-temir-fosfat (LFP) batareyasioratilgan.

WLTP sinovlari natijasiga ko‘ra, BYD Shark faqat elektr quvvatining o‘zida 80 kilometrgacha masofani bosib o‘ta oladi. Batareyani 55 kW quvvatli tezkor zaryadlash qurilmalari orqali quvvatlantirish mumkin hamda u tashqi qurilmalarni elektr bilan ta’minlash (V2L) funksiyasiga ega.

Yuk tashish qobiliyati pikaplar uchun eng muhim jihatlardan biridir. BYD Shark quyidagi ko‘rsatkichlarga ega: yuk bo‘limining hajmi 1450 litrni tashkil etadi, maksimal yuk ko‘tarish quvvati 835 kilogrammga teng.

1,5 litrli model 1500 kg gacha, 2,0 litrli model esa 2500 kg gacha bo‘lgan tirkamalarni shatakka olishi mumkin. O‘zbekiston bozori uchun ham BYD brendining modellari begona emas.

Mamlakatimizda ushbu brendning elektromobillari va gibridlari ommalashib borayotganini hisobga olsak, Shark pikapi kelajakda mahalliy fermerlar va yo‘lsiz hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar uchun ham jozibador tanlov bo‘lishi mumkin. Hozircha BYD Shark modelining narxi rasman e’lon qilinmagan.

Biroq ekspertlarning taxminicha, u o‘zining asosiy raqibi hisoblangan Ford Ranger PHEV modelidan arzonroq болади. Bu esa Xitoy brendiga Yevropa bozorida tezroq o‘rnini topishga yordam beradi.

O‘xshash yangiliklar

Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp ma'muriyati joriy etgan qat'iy bojxona siyosati global avtosanoat gigantlarini strategik qarorlar qabul qilishga majbur qilmoqda.
Avto23:53, 25-10-2026
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda kun bo‘yi mashina kelib-ketadi: kimdir «qarzni keyin beraman» deydi, kimningdir moy almashtirish vaqti yaqinlashgan, kimdir esa jimgina boshqa servisga o‘tib ketgan. Bularning hammasi
Avto11:42, 23-10-2026
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Ertalab ishga shoshyapsiz, hovlidan chiqish yo‘lini esa notanish mashina to‘sib turibdi. Oynada telefon raqami yo‘q, signal chalib butun hovlini uyg‘otish ham yechim emas. O‘zbekistonda ishga
Avto11:00, 23-10-2026
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Germaniyaning Volkswagen avtomobil konserni akkumulatorlarida aniqlangan ishlab chiqarish nuqsoni tufayli dunyo miqyosida 72,7 mingta elektromobilni qaytarib olmoqda.
Avto09:17, 21-10-2026
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston yo‘lovchi tashish va onlayn taksi xizmatlari bozorida yangi yirik ishtirokchi paydo bo‘lmoqda. Xitoyning katta kompaniyasi mamlakat taksi bozoriga
Avto11:35, 20-10-2026
Toshkentda avtobus yo'laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar o'rnatildi
Toshkentda avtobus yo'laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar o'rnatildi
Toshkent shahrida jamoat transportining to‘siqlarsiz harakatlanishini ta’minlash va maxsus ajratilgan avtobus yo‘laklarida qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida zamonaviy kuzatuv kameralari
Avto16:59, 13-10-2026