Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

«Toyota» va «Nissan» AQSH yig‘ilgan avtomobillarning sifat kamchiliklari haqida ogohlantirdi

Avto
34
«Toyota» va «Nissan» AQSH yig‘ilgan avtomobillarning sifat kamchiliklari haqida ogohlantirdi
Yaponiya avtosanoatining ikki yirik giganti — Toyota va Nissan kompaniyalari o‘z mamlakati iste’molchilarini AQSHdagi zavodlarda yig‘ilgan avtomobillarning o‘ziga xos kamchiliklari borligi haqida rasman ogohlantirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu bayonot yapon brendlarining xorijdagi ishlab chiqarish standartlari va ichki bozor talablari o‘rtasidagi farqni ochiq tan olishi sifatida baholanmoqda. Gap shundaki, hozirda Yaponiya bozoriga import qilinayotgan Toyota Tundra, Toyota Highlander va Nissan Murano modellari Amerika zavodlarida yig‘iladi.

Ishlab chiqaruvchilar ushbu modellar uchun ilova qilingan hujjatlarda ularning yig‘ilish sifati Yaponiya ichki bozori uchun odatiy bo‘lgan qat’iy standartlardan farq qilishi mumkinligini ko‘rsatib o‘tgan. Toyota kompaniyasi o‘z mijozlarini avtomobil kuzovining bo‘yoq qatlamidagi ehtimoliy noqsonlar haqida ogohlantirmoqda.

Hususan, AQSHdan keltirilgan mashinalarda bo‘yoq qatlami yupqaroq bo‘lishi, turli qismlar orasida rang tafovuti sezilishi, jilo berish izlari yoki hatto mayda dog‘lar uchrashi mumkinligi aytilgan. Shunga qaramay, brend vakillari bu kamchiliklar faqat estetik xarakterga ega ekanini va texnik xavfsizlikka ta’sir qilmasligini ta’kidlagan.

Nissan esa bu borada yanada ochiqroq pozitsiyani egalladi. Kompaniya Nissan Murano modelida detallar orasidagi choklarning notekisligi, germetik izlari va kuzov panellarining bir-biriga mos tushishidagi kichik og‘ishlar bo‘lishi mumkinligini tan oldi.

Bu kabi holatlar odatda yaponiyalik xaridorlar uchun qabul qilib bo‘lmas darajadagi nuqsonlar hisoblanadi. Sifatdan tashqari, ushbu avtomobillarning dasturiy ta’minotida ham jiddiy cheklovlar mavjud.

Masalan, Toyota Tundra modelidagi yo‘l belgilarini aniqlash tizimi Yaponiya infratuzilmasida xatoliklar bilan ishlashi mumkin. Shuningdek, multimedia tizimi faqat ingliz tilini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa mahalliy haydovchilar uchun noqulaylik tug‘diradi.

Nissan Murano modelida esa vaziyat yanada murakkabroq. Interfeysda yapon tili mavjud emas.

Mahalliy radiostansiyalar chastotalari qo‘llab-quvvatlanmaydi. Yaponiya bozoriga xos bo‘lgan Nissan Connect onlayn xizmatlari ishlamaydi.

Ushbu holat yaponiyalik avtomobil ixlosmandlasi va ommabop axborot vositalari o‘rtasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ekspertlarning fikricha, Toyota va Nissan kabi brendlarning bunday ochiq bayonoti AQSHdagi ishlab chiqarish madaniyati va Yaponiya ichki bozoridagi o‘ta yuqori talablar o‘rtasidagi tafovutni yaqqol ko‘rsatib bermoqda.

O‘zbekiston bozorida ham ushbu modellar, ayniqsa Toyota Highlander va Nissan Murano juda ommabop hisoblanadi. Mamlakatimizga ko‘pincha AQSH yoki BAA bozoridan keltiriladigan ushbu avtomobillarni xarid qilishda foydalanuvchilar yuqorida qayd etilgan yig‘ish sifati va dasturiy ta’minot xususiyatlarini inobatga olishlari tavsiya etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp ma'muriyati joriy etgan qat'iy bojxona siyosati global avtosanoat gigantlarini strategik qarorlar qabul qilishga majbur qilmoqda.
Avto23:53, 25-10-2026
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda kun bo‘yi mashina kelib-ketadi: kimdir «qarzni keyin beraman» deydi, kimningdir moy almashtirish vaqti yaqinlashgan, kimdir esa jimgina boshqa servisga o‘tib ketgan. Bularning hammasi
Avto11:42, 23-10-2026
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Ertalab ishga shoshyapsiz, hovlidan chiqish yo‘lini esa notanish mashina to‘sib turibdi. Oynada telefon raqami yo‘q, signal chalib butun hovlini uyg‘otish ham yechim emas. O‘zbekistonda ishga
Avto11:00, 23-10-2026
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Germaniyaning Volkswagen avtomobil konserni akkumulatorlarida aniqlangan ishlab chiqarish nuqsoni tufayli dunyo miqyosida 72,7 mingta elektromobilni qaytarib olmoqda.
Avto09:17, 21-10-2026
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston yo‘lovchi tashish va onlayn taksi xizmatlari bozorida yangi yirik ishtirokchi paydo bo‘lmoqda. Xitoyning katta kompaniyasi mamlakat taksi bozoriga
Avto11:35, 20-10-2026
Toshkentda avtobus yo'laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar o'rnatildi
Toshkentda avtobus yo'laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar o'rnatildi
Toshkent shahrida jamoat transportining to‘siqlarsiz harakatlanishini ta’minlash va maxsus ajratilgan avtobus yo‘laklarida qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida zamonaviy kuzatuv kameralari
Avto16:59, 13-10-2026