Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+25°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, С
ENRU

Yevropa Ittifoqi Xitoy gibrid avtomobillari uchun yuqori bojxona to‘lovini joriy etmoqda

Avto
30
Yevropa Ittifoqi Xitoy gibrid avtomobillari uchun yuqori bojxona to‘lovini joriy etmoqda
Yevropa Ittifoqi Xitoydan keltiriladigan gibrid avtomobillarga ham yuqori bojxona to‘lovlarini joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu qadam mintaqadagi mahalliy avtosanoatni himoya qilish va Xitoyning arzon texnologiyalaridan olinayotgan foydani cheklashga qaratilgan strategik qarob hisoblanadi. Autocar.co.uk saytingi xabar berishicha, Yevropa Komissiyasi yaqin haftalar ichida a’zo davlatlarning ovoz berishi uchun tegishli takliflar paketini tayyorlamoqda.

So‘nggi oylarda Yevropa bozorida Xitoyda ishlab chiqarilgan gibrid avtomobillarning savdosi keskin o‘sishi kuzatilmoqda. Bu holat Ittifoq rasmiylarini xavotirga solmoqda.

Ilgari faqat sof elektromobillar uchun kompensatsiya bojlari joriy etilgan bo‘lsa, endilikda gibrid segmentini ham qamrab olishi mumkin. Bu Xitoy hukumatining o‘z avtoishlab chiqaruvchilarga berayotgan keng qamrovli subsidiyalari natijasida yuzaga kelayotgan adolatsiz raqobatga qarshi kurashning muhim qismidir.

O‘zbekiston avtomobil bozori uchun ham ushbu yangilik muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda BYD, Chery va boshqa Xitoy brendlari gibrid modellari tobora keng qo‘llanib borilmoqda.

Yevropadagi bunday cheklovlar global narx siyosatiga va ishlab chiqaruvchilarning eksport yo‘nalishlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi aniq. Agar Yevropa bozori yopilsa, Xitoy brendlari asosiy e’tiborini Markaziy Osiyo va MDH davlatlariga qaratishi mumkin.

Yevropalik ishlab chiqaruvchilar, xususan Volkswagen, BMW va Mercedes-Benz kabi katta kompaniyalar gibrid texnologiyalari sohasida Xitoyning BYD yoki Geely kabi firmalari bilan narx jihatidan raqobatlashishga qiynalmoqda. Yangi bojlar mahalliy brendlarga o‘z pozitsiyalarini tiklash uchun vaqt va imkoniyat berishi kutilmoqda.

Hozircha bojlar miqdori va ularning qachondan kuchga kirishi aniq emas. Biroq, soha mutaxassislari Yevropa Ittifoqi bu borada qat’iy pozitsiyada turibdi deb hisoblashmoqda.

Bu esa yaqin kelajakda Xitoydan import qilinadigan avtomobillarning tannarxi oshishiga va jahon avtomobil bozorida raqobat muhitining o‘zgarishiga olib keladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Xitoy tomoni bunday cheklovlarni kamsitish deb hisoblamoqda va o‘z navbatida javob choralarini ishlab chiqmoqda.

Xitoy hukumatining Yevropadan keltiriladigan yirik dvigatelli avtomobillarga bojxona to‘lovi joriy etish bilan tahdid qilayotgani ma’lum qilingan. Savdo urushining yangi bosqichi nafaqat ishlab chiqaruvchilarga, balki yakuniy iste’molchilarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

O‘xshash yangiliklar

Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp ma'muriyati joriy etgan qat'iy bojxona siyosati global avtosanoat gigantlarini strategik qarorlar qabul qilishga majbur qilmoqda.
Avto23:53, 25-10-2026
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda kun bo‘yi mashina kelib-ketadi: kimdir «qarzni keyin beraman» deydi, kimningdir moy almashtirish vaqti yaqinlashgan, kimdir esa jimgina boshqa servisga o‘tib ketgan. Bularning hammasi
Avto11:42, 23-10-2026
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Ertalab ishga shoshyapsiz, hovlidan chiqish yo‘lini esa notanish mashina to‘sib turibdi. Oynada telefon raqami yo‘q, signal chalib butun hovlini uyg‘otish ham yechim emas. O‘zbekistonda ishga
Avto11:00, 23-10-2026
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Germaniyaning Volkswagen avtomobil konserni akkumulatorlarida aniqlangan ishlab chiqarish nuqsoni tufayli dunyo miqyosida 72,7 mingta elektromobilni qaytarib olmoqda.
Avto09:17, 21-10-2026
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston yo‘lovchi tashish va onlayn taksi xizmatlari bozorida yangi yirik ishtirokchi paydo bo‘lmoqda. Xitoyning katta kompaniyasi mamlakat taksi bozoriga
Avto11:35, 20-10-2026
Toshkentda avtobus yo'laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar o'rnatildi
Toshkentda avtobus yo'laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar o'rnatildi
Toshkent shahrida jamoat transportining to‘siqlarsiz harakatlanishini ta’minlash va maxsus ajratilgan avtobus yo‘laklarida qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida zamonaviy kuzatuv kameralari
Avto16:59, 13-10-2026