Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Janubiy Koreyada yangi avlod «Xyunday Elantra» modeli namoyish etildi

Avto
45
Janubiy Koreyada yangi avlod «Xyunday Elantra» modeli namoyish etildi
Janubiy Koreyaning Hyundai avtogiganti o‘zining eng ommabop modellaridan biri bo‘lgan Elantra sedanining yangi avlodini rasman namoyish etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur avtomobil brendning "Art of Steel" deb nomlangan yangi dizayn falsafasining eng yorqin namunasi bo‘lib, o‘zining o‘tkir qirralari va ko‘chli ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Ushbu yangilanish nafaqat tashqi ko‘rinish, balki texnik imkoniyatlar borasida ham sezilarli o‘zgarishlarni va’da qilmoqda.

Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi. Yangi Elantra oldingi modelga nisbatan sezilarli darajada kengaygan.

Xususan, g‘ildiraklar bazasi 30 millimetrga uzaytirilgan, bu esa avtomobilni asosiy raqobatchisi bo‘lgan Skoda Octavia modelidan ham yirikroq qiladi. Kuzov kengligi ham 30 millimetrga oshirilgan bo‘lib, ishlab chiqaruvchi asosiy e’tiborni salon ichidagi kenglik va qulaylikni oshirishga qaratganini ta’kidlamoqda.

Interyer va raqamli texnologiyalar avtomobil ichki qismi "shinam va qulay" konsepsiyasi asosida yaratilgan. Old panel va eshik qoplamalari haydovchi va yo‘lovchi o‘rindiqlarini go‘yoki o‘rab olgandek dizaynga ega.

Shuningdek, salonda sozlanishi mumkin bo‘lgan LED yoritgichlar o‘rnatilgan. Haydovchi uchun mo‘ljallagan displey panelning yuqori qismiga joylashtirilgan bo‘lib, bu haydovchining diqqatini yo‘ldan chalg‘itmasdan tezlik va boshqa muhim ma’lumotlarni kuzatib borishiga xizmat qiladi.

Markaziy qismda 12,9 yoki 14,6 dyuymli ulkan sensorli ekran joy olgan. Tizim Hyundai kompaniyasining yangi pleer operatsion tizimida ishlaydi.

Autocar nashrining xabar berishicha, ushbu tizim smartfonni ulashga ehtiyoj qoldirmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri navigatsiya va musiqa ilovalarini o‘rnatish imkonini beradi. Iqlim nazorati tizimi uchun esa ekranning pastki qismida an’anaviy tugmalar va aylanma boshqaruvchilar saqlab qolingan.

Dvigatellar va innovatsion funksiyalar hozircha yangi model Koreya bozori uchun ikkita kuch agregati bilan taklif etilmoqda. 147 ot kuchiga ega 2,0 litrli benzinli dvigatel va 155 ot kuchiga ega 1,6 litrli gibrid qurilma mavjud.

Gibrid versiya yangi intellektual regenerativ tormozlash tizimi bilan jihozlangan. Ushbu tizim yo‘lni oldindan tahlil qilib, batareyani quvvatlash samaradorligini oshirish uchun tormozlash kuchini avtomatik ravishda moslashtiradi.

Yana bir qiziqarli jihati shundaki, yangi Elantra modelida "stay mode" rejimi joriy etilgan. Bu funksiya avtomobil to‘xtab turganda kichik tortish batareyasidan iqlim nazorati va multimedia tizimini quvvatlantirish uchun foydalanish imkonini beradi.

Bu xususiyat odatda faqat yirik batareyali elektromobillarda uchrardi. Yangi Elantra yaqin haftalarda Koreya bozorida sotuvga chiqadi.

Hozircha Hyundai ushbu modelni Yevropa bozoriga olib kirish masalasini ochiq qoldirmoqda. Shuningdek, avtomobil ixlosmandlari modelning yuqori unumdorlikka ega Elantra N versiyasi chiqishini ham intizorlik bilan kutishmoqda.

O‘zbekiston bozorida Elantra modeli an’anaviy ravishda keng tarqalgan va istechaklar tomonidan talab qilinib kelgan.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp ma'muriyati joriy etgan qat'iy bojxona siyosati global avtosanoat gigantlarini strategik qarorlar qabul qilishga majbur qilmoqda.
Avto23:53, 25-10-2026
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda kun bo‘yi mashina kelib-ketadi: kimdir «qarzni keyin beraman» deydi, kimningdir moy almashtirish vaqti yaqinlashgan, kimdir esa jimgina boshqa servisga o‘tib ketgan. Bularning hammasi
Avto11:42, 23-10-2026
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Ertalab ishga shoshyapsiz, hovlidan chiqish yo‘lini esa notanish mashina to‘sib turibdi. Oynada telefon raqami yo‘q, signal chalib butun hovlini uyg‘otish ham yechim emas. O‘zbekistonda ishga
Avto11:00, 23-10-2026
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Germaniyaning Volkswagen avtomobil konserni akkumulatorlarida aniqlangan ishlab chiqarish nuqsoni tufayli dunyo miqyosida 72,7 mingta elektromobilni qaytarib olmoqda.
Avto09:17, 21-10-2026
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston yo‘lovchi tashish va onlayn taksi xizmatlari bozorida yangi yirik ishtirokchi paydo bo‘lmoqda. Xitoyning katta kompaniyasi mamlakat taksi bozoriga
Avto11:35, 20-10-2026