Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Hyundai Elantra sakkizinchi avlodi rasman taqdim etildi

Avto
52
Hyundai Elantra sakkizinchi avlodi rasman taqdim etildi
Janubiy Koreyaning Hyundai avtokonserni o‘zining eng ommabop modellaridan biri bo‘lgan Elantra sedanining sakkizinchi avlodini rasman namoyish etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Oradan olti yil o‘tib taqdim etilgan yangi model nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki o‘lchamlari va texnologik jihatdan ham avvalgilaridan tubdan farq qiladi. Avtomobil endilikda ancha yirikroq va zamonaviyroq ko‘rinishga ega bo‘lgan.

Yangi avlod Elantra o‘lchamlari bo‘yicha yuqori sinf avtomobillariga yaqinlashib qoldi. Mashinaning uzunligi 4765 mm ga, kengligi esa 1855 mm ga yetdi.

G‘ildiraklar bazasining 2750 mm gacha uzaytirilishi salonning yanada kengayishiga xizmat qilgan. Hyundai muhandislarining ta’kidlashicha, ichki mdoning qulayligi endi bir pog‘ona yuqori klassdagi modellarga bemalol raqobatchi bo‘la oladi.

Avtomobil tashqi ko‘rinishi brendning yangi dizayn falsafasi asosida yaratilgan. Old qismda kengaytirilgan radiator panjarasi va ikki qavatli svetodiodli optika diqqatni tortadi.

Orqa tomonda esa brendning o‘ziga xos belgisi bo‘lgan "H" harfi ko‘rinishidagi yaxlit svetodiod chizig‘i o‘rnatilgan. Shuningdek, yangi 18 dyuymli disklar va o‘tkir qirrali g‘ildirak arkalari sedan sportcha qiyofa baxsh etgan.

Salonda raqamli texnologiyalarga katta e’tibor berilgan. Markaziy panelda 14,6 dyuymli ulkan sensorli ekran joylashgan.

Pleos Connect tizimi boshqaruvidagi multimedia majmuasi sun’iy intellekt yordamchisi bilan jihozlangan bo‘lib, u haydovchi bilan tabiiy tilda muloqot qila oladi. Shunga qaramay, Hyundai eng muhim funksiyalar uchun jismoniy tugmalarni saqlab qolgan.

Hozircha sedan ikki xil kuch agregati bilan taklif etilmoqda. Biri 2,0 litrli atmosfera dvigateli bo‘lib, 147 ot kuchi beradi.

Ikkinchisi esa 1,6 litrli dvigatel asosidagi gibrid tizim bo‘lib, 155 ot kuchiga ega. Gibrid modifikatsiya intellektual rekuperatsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u harakat yo‘nalishi va marshrutni hisobga olgan holda energiya samaradorligini oshiradi.

Shuningdek, dvigatelni o‘t oldirmasdan to‘xtab turganda konditsioner va multimediadan foydalanish imkoniyati mavjud. Xavfsizlik masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Avtomobil 10 ta xavfsizlik yostig‘i, adaptiv kruiz-kontrol, masofadan turib parkovka qilish tizimi va orqaga harakatlanishda yordamchi datchiklar bilan ta’minlangan. Shuningdek, adashib gaz pedalini bosib yuborganda avtomatik tormozlanish funksiyasi ham joriy etilgan.

Yangi Hyundai Elantra yil yakuniga qadar Janubiy Koreyada, so‘ngra jahon bozorlarida sotuvga chiqishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp ma'muriyati joriy etgan qat'iy bojxona siyosati global avtosanoat gigantlarini strategik qarorlar qabul qilishga majbur qilmoqda.
Avto23:53, 25-10-2026
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda kun bo‘yi mashina kelib-ketadi: kimdir «qarzni keyin beraman» deydi, kimningdir moy almashtirish vaqti yaqinlashgan, kimdir esa jimgina boshqa servisga o‘tib ketgan. Bularning hammasi
Avto11:42, 23-10-2026
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Ertalab ishga shoshyapsiz, hovlidan chiqish yo‘lini esa notanish mashina to‘sib turibdi. Oynada telefon raqami yo‘q, signal chalib butun hovlini uyg‘otish ham yechim emas. O‘zbekistonda ishga
Avto11:00, 23-10-2026
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Germaniyaning Volkswagen avtomobil konserni akkumulatorlarida aniqlangan ishlab chiqarish nuqsoni tufayli dunyo miqyosida 72,7 mingta elektromobilni qaytarib olmoqda.
Avto09:17, 21-10-2026
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston yo‘lovchi tashish va onlayn taksi xizmatlari bozorida yangi yirik ishtirokchi paydo bo‘lmoqda. Xitoyning katta kompaniyasi mamlakat taksi bozoriga
Avto11:35, 20-10-2026
Toshkentda avtobus yo'laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar o'rnatildi
Toshkentda avtobus yo'laklaridagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar o'rnatildi
Toshkent shahrida jamoat transportining to‘siqlarsiz harakatlanishini ta’minlash va maxsus ajratilgan avtobus yo‘laklarida qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida zamonaviy kuzatuv kameralari
Avto16:59, 13-10-2026