Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 18 noyabr
+10°
to‘liq bulutli shamol 1 m/s, shimol
ENRU

Volkswagen Germaniyada to‘rtta zavodini yopish va 100 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda

Avto
24
Volkswagen Germaniyada to‘rtta zavodini yopish va 100 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda
Germaniyada faoliyat yurituvchi mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchisi Volkswagen mamlakatdagi to‘rtta zavodini yopish va xodimlar sonini 100 ming nafargacha qisqartirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, mazkur reja kompaniyaning kuzatuv kengashi a’zolariga taqdim etilgan.

Masala 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda muhokama qilinishi kutilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Hannover, Zwickau, Emden shaharlaridagi zavodlar hamda Audi kompaniyasining Nekkarzulm shahrida joylashgan korxonasi yopilishi mumkin.

Bu esa 45 mingdan ortiq ish o‘rnining qisqarishiga olib keladi. Mazkur ko‘rsatkich Volkswagen avvalroq e’lon qilgan 50 ming nafar xodimni qisqartirish rejasiga qo‘shimcha bo‘ladi.

Agar ushbu reja amalga oshirilsa, 100 ming nafargacha xodimning ishdan bo‘satilishi va to‘rtta zavodning yopilishi jahon avtomobil sanoati tarixidagi eng yirik o‘zgarishlardan biri sifatida qayd etilishi mumkin. Kompaniya bosh direktori Oliver Blume ushbu tashabbusni hafta boshida yuqori lavozimli menejerlarga taqdim etgan.

U keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishni rejalashtirayotgan bo‘lsa-da, mazkur qaror kasaba uyushmalari hamda kompaniyaning ikkinchi yirik aksiyadori sanalgan Germaniyaning Quyi Saksoniya yer hukumati qarshiligiga uchrashi mumkin. Shuningdek, Volkswagen keyingi besh yil davomida investitsiyalar hajmini taxminan 15 foizga qisqartirish, uni 130 milliard yevrodan biroz yuqori darajaga tushirish rejasini ham ko‘rib chiqmoqda.

Bundan tashqari, kompaniya o‘zining asosiy Volkswagen brendi va ehtiyot qismlar biznesini alohida tuzilmalarga ajratish masalasini muhokama qilmoqda.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp ma'muriyati joriy etgan qat'iy bojxona siyosati global avtosanoat gigantlarini strategik qarorlar qabul qilishga majbur qilmoqda.
Avto23:53, 25-10-2026
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda kun bo‘yi mashina kelib-ketadi: kimdir «qarzni keyin beraman» deydi, kimningdir moy almashtirish vaqti yaqinlashgan, kimdir esa jimgina boshqa servisga o‘tib ketgan. Bularning hammasi
Avto11:42, 23-10-2026
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Ertalab ishga shoshyapsiz, hovlidan chiqish yo‘lini esa notanish mashina to‘sib turibdi. Oynada telefon raqami yo‘q, signal chalib butun hovlini uyg‘otish ham yechim emas. O‘zbekistonda ishga
Avto11:00, 23-10-2026
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Germaniyaning Volkswagen avtomobil konserni akkumulatorlarida aniqlangan ishlab chiqarish nuqsoni tufayli dunyo miqyosida 72,7 mingta elektromobilni qaytarib olmoqda.
Avto09:17, 21-10-2026
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston yo‘lovchi tashish va onlayn taksi xizmatlari bozorida yangi yirik ishtirokchi paydo bo‘lmoqda. Xitoyning katta kompaniyasi mamlakat taksi bozoriga
Avto11:35, 20-10-2026