Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 19 noyabr
+13°
to‘liq bulutli shamol 2 m/s, shimoli-sharq
ENRU

Tesla avtopilot hodisasidan keyin o‘zaro kelishuvga erishdi

Avto
13
Tesla avtopilot hodisasidan keyin o‘zaro kelishuvga erishdi
AQSHning Tesla kompaniyasi 2023-yilda Arizona shtatida yuz bergan va inson olimiga sabab bolgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan sud da’vosini o‘zaro kelishuv bilan yakunladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur hodisada kompaniyaning Full Self-Driving avtopilot tizimi faollashtirilgan Tesla Model Y elektromobili ishtirok etgan edi. Ushbu kelishuv tafsilotlari ochiqlanmagan bo‘lsa-da, u kompaniya uchun huquqiy xatarlarni kamaytirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida ko‘rmoqda.

Voqea tafsilotlariga ko‘ra, 71 yoshli Stori boshqa bir to‘qnashuvdan so‘ng harakatni tartibga solish uchun o‘z avtomobilidan tushgan vaqtda uni Tesla urib yuborgan. O‘sha paytda elektromobil haydovchiga yordam berish tizimi nazoratida bolgan.

Mazkur fojia ortidan marhumaning oilasi Tesla kompaniyasini texnologiya xavfsizligini yetarli darajada ta’minlamaganlikda ayblab sudga bergan edi. Garchi fuqarolik da’vosi hal etilgan bo‘lsa-da, AQSH Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Tesla tizimlari ustidan keng kamli tekshiruvlarni davom ettirmoqda.

Regulyatorning e’tibori ayniqsa quyosh nuri, tuman yoki chang kabi korinish cheklangan sharoitlarda FSD tizimining o‘zini tutishiga qaratilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Arizona shtatidagi o‘sha baxtsiz hodisa ham quyosh nuri haydovchining ko‘zini qamashtirgan vaziyatda yuz bergan.

Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 2024-yilda boshlangan ushbu surishtiruvni 2026-yilning mart oyida muhandislik tahlili bosqichiga o‘tkazdi. Ekspertlar tizimning yo‘ldagi korinish yomonlashishini to‘g‘ri aniqlay olishi va haydovchini o‘z vaqtida ogohlantirish qobiliyatiga shubha bilan qaramoqda.

Agar tizimda tizimli nuqsonlar aniqlansa, Tesla dasturiy ta’minotni yangilashga yoki funksiyalarni qayta korib chiqishga majbur bolishi mumkin. Bundan tashqari, 2025-yilning oktyabr oyida regulyator yana bir tekshiruvni yo‘lga qoydi.

Bu safar Tesla avtomobillarining svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmasligi va qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi bilan bog‘liq shikoyatlar o‘rganilmoqda. Bu kabi holatlar FSD tizimining hali ham mukammal emasligidan dalolat beradi.

Tesla o‘zining Full Self-Driving tizimini to‘liq avtonom boshqaruv emas, balki haydovchiga yordamchi texnologiya sifatida tasniflaydi. Bu esa haydovchidan har doim rulni nazorat qilishni va vaziyatga aralashishga tayyor turishni talab qiladi.

Biroq, ko‘plab foydalanuvchilar tizim nomiga tayanib, unga haddan tashqari ishonch bildirishi xavfsizlik muammolarini keltirib chiqarmoqda. O‘zbekiston bozorida ham Tesla elektromobillari soni ortib borayotganini hisobga olsak, bunday global tekshiruvlar mahalliy haydovchilar uchun ham muhim ogohlantirishdir.

Full Self-Driving funksiyasi mamlakatimiz yo‘llaridagi murakkab infratuzilma va tartibsiz harakat sharoitida qo‘shimcha ehtiyotkorlikni talab qiladi. Hozircha AQSH hukumati ushbu texnologiyani to‘liq avtonom haydash uchun hali tayyor emas, deb hisoblamoqda.

Shu sababli, haydovchilar ushbu tizimdan foydalanishda ehtiyotkorlik bilan bolishlari lozim.
Nodirbek RazzokovBosh muharrir, muxbir

O‘xshash yangiliklar

Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
Tramp bojlari Audi Jorjiya shtatida 4 milliardlik zavod qurishga majbur qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp ma'muriyati joriy etgan qat'iy bojxona siyosati global avtosanoat gigantlarini strategik qarorlar qabul qilishga majbur qilmoqda.
Avto23:53, 25-10-2026
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda mijozlarni yo‘qotmaslik uchun nimalarni o‘zgartirish kerak
Avtoservisda kun bo‘yi mashina kelib-ketadi: kimdir «qarzni keyin beraman» deydi, kimningdir moy almashtirish vaqti yaqinlashgan, kimdir esa jimgina boshqa servisga o‘tib ketgan. Bularning hammasi
Avto11:42, 23-10-2026
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Mashina yo‘lni to‘sib qo‘ysa, egasini qanday topish mumkin — telefon raqamisiz
Ertalab ishga shoshyapsiz, hovlidan chiqish yo‘lini esa notanish mashina to‘sib turibdi. Oynada telefon raqami yo‘q, signal chalib butun hovlini uyg‘otish ham yechim emas. O‘zbekistonda ishga
Avto11:00, 23-10-2026
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Volkswagen 72,7 ming elektromobilni qaytarib olmoqda
Germaniyaning Volkswagen avtomobil konserni akkumulatorlarida aniqlangan ishlab chiqarish nuqsoni tufayli dunyo miqyosida 72,7 mingta elektromobilni qaytarib olmoqda.
Avto09:17, 21-10-2026
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston Transport vazirligi Xitoy kompaniyasining taksi bozoriga kirishini tasdiqladi
O‘zbekiston yo‘lovchi tashish va onlayn taksi xizmatlari bozorida yangi yirik ishtirokchi paydo bo‘lmoqda. Xitoyning katta kompaniyasi mamlakat taksi bozoriga
Avto11:35, 20-10-2026