Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Xitoyda robot teatr doktoraturasiga qabul qilindi

Dunyo
42
Xitoyda robot teatr doktoraturasiga qabul qilindi
Xitoyning Shanxay shahrida noyob voqea yuz berdi: inson emas, balki robot teatr va kino yo‘nalishida doktorlik dasturiga qabul qilindi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu robotning nomi Xueba 01 bo‘lib, xitoy tilidan tarjima qilinganda «A’lochi» degan ma’noni anglatadi. Bu yangilik Peopletalk nashri tomonidan e’lon qilindi.

Xueba 01 175 santimetr bo‘yda, 30 kilogramm og‘irlikda bo‘lib, sun’iy intellektga asoslangan robot hisoblanadi. U insonlar bilan muloqot qilish, yuz ifodalari va hissiyotlarni ifodalash qobiliyatiga ega.

Robot Shanxay Fan va Texnologiyalar Universiteti hamda DroidUp Robotics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Qiziqarli jihati shundaki, Xueba 01 kelgusi to‘rt yil davomida teatr san’ati, aktyorlik mahorati va dramaturgiya asoslarini o‘rganadi.

Bundan tashqari, u ssenariy yozish va inson aktyorlar bilan ijodiy hamkorlik qilishni maqsad qilgan. Robotning ilmiy rahbari professor Yan Sinsin bo‘lib, uning fikricha, bu loyiha nafaqat oddiy inson va mashina hamkorligi, balki turli jonzotlar o‘rtasidagi estetik muloqot sifatida qaraladi.

Professor ta’kidlashicha, Xueba 01 o‘z kursdoshlari bilan muloqotda san’atning yangi shaklidagi mulohaza va hissiy almashinuvni amalga oshiradi. Ushbu loyiha san’at va texnologiyalar sohasida yangi imkoniyatlar ochib beradi hamda inson va robot o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026