Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Rossiya Donbassda shaharlarni qurshovga olmoqda

Dunyo
54
Rossiya Donbassda shaharlarni qurshovga olmoqda
Aziz o‘quvchilar, bugun frontdagi vaziyat yuzasidan ma’lumot beramiz. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Putin va Trampning Alyaskada uchrashishi aniq bo‘lgach, Rossiya Donbass frontida hujumlarni kuchaytirib, muhim shaharlarni qurshovga olishga harakat qilmoqda. Bu harakatlar aynan Alyaskadagi uchrashuv bilan bog‘liq deb hisoblanmoqda.

So‘nggi kunlarda bir qancha manbalar Rossiyaning Donetsk oblastini to‘liq egallash maqsadida olib borayotgan shturmi muvaffaqiyatli kechayotganini bildirmoqda. Pokrovsk va Mirnograd shaharlarining deyarli rus qo‘shinlari tomonidan o‘rab olingani haqida ma’lumotlar mavjud.

Shuningdek, Konstantinovka ham qurshov arafasida turibdi. Rossiya kuchlari Kramatorsk va Drujkivka tomon harakat qilmoqda.

Ukraina tarafidan kelgan ma’lumotlarga ko‘ra, ruslarning oldinga surilishi ukrain qo‘shinlarining boshqaruvdagi xatolari, harbiy resurslarning yetishmasligi va noto‘g‘ri strategiya sababli yuzaga kelmoqda. «Azov» bataloni ofitseri Bogdan Krotevichning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat juda og‘ir, ammo rasmiylar hali bu haqda rasmiy izoh bermagan.

Ba’zi nashrlar rus qo‘shinlari Donbass hududida mudofaa chizig‘ini yorib o‘tib, 18 kilometrga oldinga siljiganini ta’kidlamoqda. Hozirda ular yengil harbiy texnika va mototsikllardan foydalanmoqda, kuchli himoyaga ega emas.

Ukraina tomoni esa ushbu yo‘nalishda faol qarshi hujumlarni amalga oshirishga jiddiy kuch sarflamayapti. Agar Rossiya bu harakatni davom ettirib, Kramatorsk, Slavyansk va Dobropole shaharlarini egallasa, Donetsk oblasti to‘liq nazoratga olinadi.

Hozircha Kiyev bu yo‘qotishlarga rasmiy munosabat bildirmagan. Agar ma’lumotlar tasdiqlansa, Ukraina 2024 yil davomida qisqa muddatda eng ko‘p hududlarini yo‘qotgan bo‘ladi.

Rossiya uchun urushdagi minimal maqsad Donbassni to‘liq egallashdir. So‘nggi bir yil ichida ruslar boshqa yo‘nalishlarga kam e’tibor berib, aynan Donetsk oblasti ustida ish olib bormoqda.

Putin Alyaskaga borishi aniq bo‘lgach, hujumlar yanada kuchaydi. Bu esa harbiy rahbariyatga Putinning Tramp bilan uchrashuvda muvaffaqiyatli ko‘rinish berishi uchun buyruq berilganligini ko‘rsatmoqda.

Agar Rossiya o‘z maqsadiga erishsa, Putin Alyaskada kuchli pozitsiyada bo‘ladi. Moskva oxirgi yillarda urushdan maqsad Ukrainani to‘liq egallash emas, balki Donbassni qo‘lga kiritish ekanini ta’kidlab kelmoqda.

Putin Tramp bilan uchrashuvda «Biz maqsadimizga erishdik – Donbass to‘liq egallandi, endi sizni tinglayman» deyishi mumkin. Bunday vaziyatda Tramp Rossiyaga bosim o‘tkazishi qiyinlashadi.

Shunday qilib, aziz o‘quvchilar, urush taqdirini hal qiluvchi muhim uchrashuv oldidan Rossiya strategik yutuqqa erishishi mumkin. Bu esa Kiyev uchun vaziyatni yanada murakkablashtiradi.

Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz. One.uz saytidan xabardor bo‘lib turing.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘lishni unutmang. O‘tkir Jalolxonov tayyorladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026