ENRU

Rossiyada kechasi dron hujumlari sodir bo‘ldi

Dunyo
37
Rossiyada kechasi dron hujumlari sodir bo‘ldi
Rossiyaning bir nechta hududlarida kechasi dron hujumlari sodir bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Samar viloyatidagi Sizran shahrida joylashgan neftni qayta ishlash zavodida yirik yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda bir qator Telegram-kanallar videolar orqali xabar berdi.

Guvohlar zavod ustida qora tutun ko‘tarilganini va yonayotgan minoralarni tasvirga olgan. Viloyat gubernatori Vyacheslav Fedorishevning ma’lum qilishicha, hududga kirishga uringan 13 ta dron aniqlanib, yo‘q qilingan.

Biroq u Sizrandagi zavoddagi yong‘in haqida aniq ma’lumot bermadi. Ayrim manbalarga ko‘ra, yong‘in bir necha soat davom etdi va o‘t o‘chiruvchilar hodisani bartaraf etish uchun doimiy harakatda bo‘ldi.

Shuningdek, Kursk viloyatida ham dron zarbalari oqibatida halokat ro‘y berdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, dron turar joy binosiga urilib, portlash sodir bo‘ldi.

Jeleznodorojniy tumanida yuz bergan hodisada bir ayol halok bo‘ldi, yana o‘n kishi turli tan jarohatlari oldi. Jabrlanganlar orasida bolalar ham borligi aytilmoqda.

Hozirda hodisa joylarida qutqaruvchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari faoliyat olib bormoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi bu hujumlarni Ukraina bilan bog‘lamoqda, ammo Ukraina tomoni rasmiy izoh bermagan.

Mahalliy aholi xavfsizlik choralarini kuchaytirishni talab qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59