Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Trampning qo‘lidagi krem sog‘ligi haqida savol tug‘dirdi

Dunyo
94
Trampning qo‘lidagi krem sog‘ligi haqida savol tug‘dirdi
AQSH prezidenti Donald Trampning sog‘ligi bilan bog‘liq masalalar yana keng jamoatchilik e’tiborida turibdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

The Daily Beast nashrining xabar berishicha, uning qo‘lida qo‘llangan tonal kremning qalin qatlami aniq ko‘zga tashlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident aynan shu krem yordamida qo‘lida ko‘kargan joylarni yashirishga harakat qilmoqda.

22 avgust kuni Vashingtonda o‘tkazilgan “The People’s House” tadbirida 79 yoshli Oq uy rahbari ishtirok etdi. Tadbirda olingan suratlarda uning o‘ng qo‘li makiyaj bilan qoplangani va krem tabiiy teri rangidan farq qilgani ko‘rinib turdi.

Kuzatuvchilar fikricha, Tramp tadbir davomida qo‘lini chap qo‘li bilan berkitishga intildi, ammo bu holat omma oldida yana ko‘zga tashlandi va jurnalistlar orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi. Avvalroq ham prezidentning qo‘li bir necha bor e’tibor markaziga tushgan edi.

Oq uy bu holatni ko‘p marta qo‘l siqish natijasi va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun muntazam aspirin qabul qilish bilan izohlagan. Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levittning ta’kidlashicha, “Prezident Tramp har kuni minglab amerikaliklar bilan ko‘rishadi va tarixdagi ko‘plab davlat rahbarlariga qaraganda ko‘proq qo‘l siqadi.

Uning xalqqa xizmat qilishga sadoqati o‘zgarmasligicha qolmoqda”. Shu bilan birga, iyul oyida shifokorlar Trampga surunkali venoz yetishmovchilik tashxisi qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.

Bu kasallik, odatda, keksa yoshdagilar orasida ko‘p uchraydi va qon tomirlarda shish va dog‘lar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Biroq Oq uy rasmiylari so‘nggi oylarda jurnalistlarning prezident sog‘ligi va davolash jarayoni haqidagi savollariga aniq javob bermayapti.

Eslatib o‘tamiz, bahor oylarida doktor Shon Barbabella Trampning an’anaviy tibbiy ko‘rik natijalarini e’lon qilib, uning sog‘lig‘ini jismoniy va aqliy jihatdan a’lo darajada deb baholagan edi. Shunga qaramay, oxirgi oylarda olingan suratlar va ommaviy chiqishlar prezidentning sog‘ligi haqida yangi savollarni yuzaga keltirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026