Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Londonliklar G‘azo uchun katta namoyish o‘tkazdi

Dunyo
27
Londonliklar G‘azo uchun katta namoyish o‘tkazdi
Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida G‘azodagi og‘ir gumanitar vaziyatga e’tibor qaratish maqsadida katta namoyish o‘tkazildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Anadolu axborot agentligining xabariga ko‘ra, Falastin tarafdorlari Isroilning G‘azo sektorida olib borayotgan harbiy harakatlari va blokadasiga qarshi chiqishdi. Ular ocharchilik va qashshoqlikda azob chekayotgan tinch aholi holatiga jahon hamjamiyatining e’tiborini jalb etishga intildi.

Minglab namoyishchilar London markazida joylashgan Isroil elchixonasi oldida yig‘ildilar. Ishtirokchilar qo‘llaridagi turli idish-tovoqlarni qoshiq va metall buyumlar bilan urib, G‘azodagi og‘ir sharoitga ramziy ishora qildilar.

Bu harakat orqali ular Isroilning bosim va cheklovlari sababli falastinlik tinch aholi orasida ochlikdan halok bo‘layotganlarni eslatishni maqsad qilishdi. Namoyishchilarning qo‘llarida “Falastinga ozodlik”, “G‘azoga adolat”, “Ochlik qurol emas” kabi shiorlar yozilgan plakatlar ko‘tarilgan edi.

Shu tariqa ular nafaqat gumanitar inqirozga, balki Isroilning G‘azo ustidan nazorati va ishg‘ol siyosatlariga ham qarshi o‘z fikrlarini bildirishdi. Tashkilotchilar ta’kidicha, ushbu namoyish Britaniya jamoatchiligining G‘azodagi vaziyatdan bexabar emasligini ko‘rsatdi.

Ularning fikriga ko‘ra, xalqaro hamjamiyat jiddiy choralar ko‘rmasa, ocharchilik va qashshoqlik yanada kuchayishi mumkin. Namoyish tinch tarzda o‘tdi va politsiya tartibni nazorat qildi.

Shunga qaramay, yig‘ilganlar G‘azoda yuz berayotgan fojia va uning oqibatlari butun dunyo uchun og‘ir signal ekanini ta’kidladilar.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026