Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+20°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Sharqiy Angliyada suv tanqisligi kuchaymoqda

Dunyo
30
Sharqiy Angliyada suv tanqisligi kuchaymoqda
Sharqiy Angliya so‘nggi yillarda eng qurg‘oqchil mavsumlardan birini boshdan kechirmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Anglian Water kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyidan iyul oyigacha atigi 165 millimetr yomg‘ir yog‘gan. Bu 1899-yildan beri uchinchi eng kam yog‘ingarchilik hisoblanadi.

Mutaxassislar suv tanqisligi muammosi kuchayayotganini ta’kidlamoqda. Kompaniya aholiga suvdan tejab foydalanishni tavsiya qilmoqda.

Hozircha Sharqiy Angliyada bog‘larni sug‘orish uchun suvdan foydalanishga hech qanday cheklov qo‘yilmagan. Biroq ekspertlar suv tanqisligini hisobga olib, bunday cheklovlar joriy qilinishi zarurligini bildirgan.

Mutaxassislarning fikricha, faqat uzoq davom etadigan yomg‘irlar tabiatning tiklanishiga yordam beradi. Iqlim o‘zgarishi tufayli suv zaxiralari tobora kamaymoqda va xavf ostida qolmoqda.

Avgust oyining dastlabki yigirma kunida Sharqiy Angliyaga atigi 10 millimetr yomg‘ir yog‘di. Oddiy sharoitda bu davrda o‘rtacha 60 millimetr yog‘in bo‘lishi kerak edi.

Meteorologlar yozning bu davrida kutilgan yomg‘irning atigi 53 foizi tushganini ma’lum qildi. Anglian Water kompaniyasi aholiga mashinalarni yuvishni vaqtincha to‘xtatishni va hovli hamda bog‘larni sug‘orishda ehtiyotkorlikni tavsiya qilmoqda.

Kompaniya suvdan oqilona foydalanish kelajak uchun muhimligini ta’kidlab, imkon qadar ko‘proq suvni tabiatda qoldirish zarurligini eslatmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026