Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Belgiya sentabrda Falastinni rasmiy tan oladi

Dunyo
19
Belgiya sentabrda Falastinni rasmiy tan oladi
Belgiya hukumati sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasida Falastin davlatini rasmiy tan olishini e’lon qildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Maksim Prevo ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Belgiya bu qaror bilan Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Avstraliya kabi mamlakatlar qatoriga qo‘shiladi.

Shu bilan birga, Isroilga nisbatan qat’iy sanktsiyalar joriy etilishi kutilmoqda. Bu sanktsiyalar orasida G‘arbiy sohildagi yahudiy posyolkalaridan mahsulot importini taqiqlash va sud jarayonlarini boshlash imkoniyati mavjud.

Isroil tashqi ishlar vazirligi va Belgiyadagi elchixona hozircha bu xabarga munosabat bildirmadi. Avvalroq Isroil tashqi ishlar vazirligi Londondagi Falastinni tan olish rejasini “HAMAS uchun mukofot” deb atagan edi.

Iyul oyida Buyuk Britaniya bosh vaziri Keyr Starmer Isroilga nisbatan bir qator shartlarni bildirgan: G‘azodagi og‘ir vaziyatni to‘xtatish, otashkesimga rozi bo‘lish, ikki davlatli yechim imkoniyatini qayta tiklash, BMTning gumanitar yordam yetkazilishiga ruxsat berish va G‘arbiy sohilda yangi anneksiyalarga yo‘l qo‘ymaslik. BMT Bosh Assambleyasi 9 sentyabrdan Nyu-Yorkda boshlanadi.

Irlandiya, Ispaniya va Norvegiya allaqachon Falastinni davlat sifatida tan olgan. 2024 yil mart holatiga ko‘ra, BMTning 193 a’zosidan 147 tasi Falastinni rasmiy davlat deb e’tirof etgan.

Shu bilan birga, Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrich G‘arbiy sohilda yangi turar joy posyolkasi qurish rejasini e’lon qildi va bu qadam Falastin davlatchiligi g‘oyasini butunlay yo‘qqa chiqarishini ta’kidladi. Bundan tashqari, AQSh davlat kotibi Marko Rubio Falastin ma’muriyati va Falastin Ozodlik Tashkilotining 81 vakilining vizasini bekor qildi.

Bu ularning BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish imkoniyatini cheklaydi. Qayd etish lozimki, 1947 yilgi BMT kelishuvida AQSh xorijiy diplomatlarning Nyu-Yorkdagi yig‘ilishlarga kirishini ta’minlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan, ammo Vashington xavfsizlik va tashqi siyosat sabablarini asos qilib ko‘rsatib, vizani rad etish huquqiga ega ekanligi ma’lum.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026