Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Ilon Mask boyligi trillion dollarga yetishi mumkin

Dunyo
43
Ilon Mask boyligi trillion dollarga yetishi mumkin
Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask moliyaviy salohiyatini bir trillion dollardan oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Kompaniya unga tarixdagi eng katta va muhim bitimni taklif qilgan. Hozirda Maskning boyligi taxminan 428 milliard dollarni tashkil qiladi.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi aksiyalar va maxsus bonuslar tufayli uning moliyaviy aktivlari taxminan 900 milliard dollarga oshishi mumkin. Bu esa uni dunyoda birinchi trillionerga aylantiradi.

Tesla direktorlar kengashi Ilon Maskni kamida 2030-yilgacha bosh direktor lavozimida saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Bu vaqt davomida kompaniya bir qator muhim maqsadlarni amalga oshirishni ko‘zda tutmoqda.

Jumladan, 10 yil ichida kompaniya kapital qiymatini 1,1 trillion dollardan 8,5 trillion dollargacha oshirish, 2035-yilgacha 20 million elektromobil ishlab chiqarish, shuningdek, bir milliondan ortiq robotaksi va Optimus robotlarini yaratish rejalashtirilgan. Directorlar kengashi raisi Robin Denholm Ilon Maskni ushlab turish va rag‘batlantirish Tesla uchun strategik jihatdan muhim ekanligini ta’kidladi.

Noyabr oyida aksiyadorlar ushbu kelishuv bo‘yicha ovoz berishadi. Hozirda ba’zi investorlar bitim amalga oshmasligi va kompaniyaning kelajagiga ta’siri haqida munozaralar olib bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026