Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

AQSH va Yevropa Rossiyaga yangi sanksiyalar tayyorlamoqda

Dunyo
40
AQSH va Yevropa Rossiyaga yangi sanksiyalar tayyorlamoqda
AQSH Rossiyani muzokaralar stoliga jalb etish maqsadida Yevropa bilan hamkorlikda yangi iqtisodiy sanksiyalarni joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda AQSH moliya vaziri Skott Bessent NBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Yevropa Ittifoqining birgalikdagi iqtisodiy bosimi Moskva uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi va uni muzokaralar jarayoniga kirishga majbur qilishi mumkin.

Bessent Yevropani sanksiyalar masalasida Vashington tajribasidan o‘rganishga chaqirdi, chunki ikki tomonlama bosim yanada samarali natija berishi ehtimoli yuqori. Avvalroq AQSH Rossiya neftini xarid qilgani uchun Hindistonga qo‘shimcha bojlar joriy qilgan edi.

Bild va Reuters agentliklarining xabarlariga ko‘ra, 4-sentyabr kuni AQSH prezidenti Donald Tramp Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvda ulardan Rossiya neftini xarid qilishni to‘xtatishni qat’iy talab qilgan. Ushbu choralar Rossiya iqtisodiyotiga qo‘shimcha bosim sifatida baholanmoqda.

Shu bilan birga, yangi sanksiyalar orqali G‘arb Moskvadan siyosiy pozitsiyasini o‘zgartirishni kutmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026