Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Qizlar ta’limi va ayollar huquqlari kengaymoqda O‘zbekistonda

Dunyo
63
Qizlar ta’limi va ayollar huquqlari kengaymoqda O‘zbekistonda
Maktabdan boshlab oliy ta’limgacha qizlarning ta’lim olish imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Prezident tashabbusi bilan talabalar soni so‘nggi yillarda sezilarli darajada oshdi. 2016 yilda oliy ta’limda qamrov 9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 40 foizdan oshdi.

Qizlar uchun oliy ta’limga kirishda alohida imtiyozlar joriy etildi. Universitetlarning magistratura bosqichiga kirgan qizlarning ta’lim shartnomalari to‘lab berilishi orqali olima ayollar sonini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, “Raqamli avlod qizlari” kabi innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Gender tenglik masalasida ham O‘zbekiston katta yutuqlarga erishdi.

Parlament va Senatdagi ayollar ulushi oshdi. Bu islohotlar nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro maydonda ham ijobiy baholanmoqda.

Ayollarning jamiyatdagi o‘rni va huquqlari mustahkamlanishi mamlakat taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Dunyoviylik tamoyili O‘zbekiston uchun hayotiy ahamiyatga ega.

Afg‘oniston va O‘zbekiston tajribalari keskin farq qiladi. Bir tomonda ilm va ta’lim cheklangan, ayollar huquqlari cheklov ostida bo‘lgan jamiyat mavjud bo‘lsa, ikkinchi tomonda dunyoviylik asosida taraqqiyotga erishayotgan davlat joylashgan.

Dunyoviylik dinni inkor etish emas, balki davlat ishlarini barcha fuqarolar uchun teng va adolatli tashkil etishdir. Har bir fuqaro o‘z diniy e’tiqodiga rioya qilishi mumkin, ammo qonun barchaga bir xildir va ustuvor hisoblanadi.

XXI asrda dunyoviylik siyosiy va ijtimoiy hayot uchun zaruratdir. Dunyoviy davlatlar barqarorlik, tinchlik va rivojlanishga erishadi.

Aks holda, davlat uzoq yillar davomida inqiroz va qiyinchiliklar bilan yuzlashadi. Tolibonning ayollar yozgan kitoblarni taqiqlashi esa ilmiy va ma’naviy cheklovlarning eng og‘ir shaklidir.

Bu qaror Afg‘onistonda kadrlar yetishmovchiligi, iqtisodiy pasayish, xalqaro izolyatsiya va kelajak avlodning fikriy qashshoqligiga olib keladi. O‘zbekiston esa dunyoviylik va gender tenglik siyosati asosida taraqqiyot yo‘lidan barqaror qadamlar bilan bormoqda.

Qizlarning ta’lim olishiga keng yo‘l ochish, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi faolligini qo‘llab-quvvatlash kelajak taraqqiyotining muhim garovidir. Dunyoviylik va ilm nafaqat konstitutsiyaviy norma, balki xalqimiz uchun hayotiy qadriyatdir.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026