Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

AQShda hukumat faoliyati vaqtincha to‘xtashi mumkin

Dunyo
40
AQShda hukumat faoliyati vaqtincha to‘xtashi mumkin
Amerika Qo‘shma Shtatlarida federal hukumatning vaqtincha to‘xtab qolishi ehtimoli mavjudligi haqida ogohlantirish berildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Prezident Donald Tramp matbuot anjumanida aytishicha, agar Kongressdagi respublikachilar va demokratlar federal byudjetni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, 1-oktyabrdan boshlab hukumat faoliyati vaqtincha to‘xtatilishi mumkin. Trampning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar davom etmoqda, ammo mamlakat hukumatining bir muddat yopilishi ehtimoli ham mavjud.

Bu davrda harbiylar va ijtimoiy xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Agar hukumat yopilsa, demokratlar ilgari surgan tashabbuslarning moliyalashtirilishi imkonsiz bo‘ladi.

Shu bilan birga, federal dasturlar va ijtimoiy yo‘nalishlardagi qo‘llab-quvvatlashlar ham vaqtincha to‘xtab qolishi mumkin. Prezident, shuningdek, Senatdagi jarayonlarga ham e’tibor qaratdi.

Vaksillar palatasi tomonidan ma’qullangan qonun loyihasi Senatda ham tasdiqlanishi zarur. Hozirda respublikachilar Senatda 53 ovozga ega, ammo hujjat qabul qilinishi uchun kamida 60 ovoz kerak.

Shu sababli demokrat senatorlarning qo‘llab-quvvatlashi muhim hisoblanadi, lekin ularning roziligi pastligi ta’kidlandi. Mutaxassislarning fikricha, hukumatning vaqtincha yopilishi moliyaviy barqarorlikka va davlat xizmatlarining faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ayniqsa, federal idoralardagi ish jarayonlari, ijtimoiy dasturlar hamda xavfsizlik sohasidagi xarajatlar qisqarishi ehtimoli mavjud. Bu holat mamlakat iqtisodiyoti va jamiyatning turli sohalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026