Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 noyabr
+19°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮВ
ENRU

Xitoyda ijtimoiy tarmoqlarda salbiy postlar taqiqlandi

Dunyo
83
Xitoyda ijtimoiy tarmoqlarda salbiy postlar taqiqlandi
Xitoyda ijtimoiy tarmoqlarda atayin salbiy kayfiyat uyg‘otuvchi postlar va fikrlar taqiqlanishi haqida rasmiy ma’lumot berildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Reuters agentligining xabariga ko‘ra, Kiberxavfsizlik boshqarmasi tomonidan ikki oylik maxsus kampaniya boshlandi. Ushbu kampaniya doirasida ijtimoiy tarmoqlar, qisqa videoplatformalar, striming xizmatlari hamda izohlar bo‘limi kuchaytirilgan nazorat ostida bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, reja faqat yolg‘on xabarlar yoki zo‘ravonlikka chaqiruvchi materiallarga qarshi emas, balki ortiqcha pessimizm, umidsizlikka chorlovchi postlar, o‘zini kamsituvchi bayonotlar va sun’iy intellekt yordamida yaratilgan zo‘ravonlik sahnalari ham taqiqlanadi. Bunday kontentni tarqatgan platformalar yoki shaxslar javobgarlikka tortilishi mumkin.

Shuningdek, bu ilk bor amalga oshirilayotgan tashabbus emas, chunki Pekin 2021 yildan buyon shunga o‘xshash kamida besh marta kampaniya boshlagan. Ushbu choralar ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy ta’sirlarni kamaytirishga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026