Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+20°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Yurak kasalliklari dunyoda o‘lim sababchisi

Dunyo
51
Yurak kasalliklari dunyoda o‘lim sababchisi
Olimlarning so‘nggi tadqiqotlari yurak va qon tomir kasalliklari dunyoda eng ko‘p uchraydigan va inson o‘limiga sabab bo‘luvchi asosiy omil ekanligini ko‘rsatmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

1990 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda 204 mamlakatdan olingan statistik ma’lumotlar shuni bildiradiki, har uchinchi o‘lim aynan bu kasalliklar sabab yuzaga kelgan. 1990 yilda yurak-qon tomir kasalliklari tufayli 13,1 million kishi vafot etgan bo‘lsa, 2023 yilda bu raqam 19,2 millionga yetdi.

Ko‘p mintaqalarda erkaklar orasida o‘lim holatlari ayollarga nisbatan ko‘proq bo‘lib, bu sohada erkaklarning sog‘lig‘iga ta’sir qiluvchi xavf omillarining yuqoriligi haqida dalolat beradi. Yurak va qon tomir kasalliklari sog‘lom hayot yillarining yo‘qotilishida ham birinchi o‘rinni egallaydi.

Mutaxassislar ta’kidlaydiki, yurak-qon tomir kasalliklarining yuzaga kelishida xavf omillarining 80 foizini oldini olish mumkin. Ushbu xavf omillar orasida semizlik, yuqori qon bosimi, qandli diabet va xolesterinning yuqori darajasi muhim o‘rin tutadi.

Shu sababli, aholini sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, to‘g‘ri ovqatlanishni ta’minlash, muntazam jismoniy faollik bilan shug‘ullanish hamda shifokor ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilish zarur. Bu chora-tadbirlar yurak va qon tomir kasalliklarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, insonlarning umrini uzaytirishga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026