ENRU

Shandunda quyosh energiyasi ishlab chiqarish keskin oshdi

Dunyo
131
Shandunda quyosh energiyasi ishlab chiqarish keskin oshdi
Xitoyning Shandun viloyatida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi kutilmagan darajada oshib, bu hududda elektr narxlari pasayishiga olib keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bloomberg nashrining ma’lumotiga ko‘ra, quyosh panellari orqali ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi me’yordan ancha ko‘p bo‘lib, bu holat tarmoqlarda ortiqcha yuklama yuzaga keltirmoqda. 2020 yildan 2025 yilgacha Shandunda quyosh elektr stansiyalarining umumiy quvvati 23 gigavattdan 85 gigavattgacha oshdi.

Bu esa uy tomlariga keng ko‘lamda quyosh panellari o‘rnatilishi natijasida amalga oshirildi. Agar Shandun alohida davlat bo‘lganida, u elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinni egallagan bo‘lardi.

Quyosh energiyasining asosiy kamchiligi shundaki, u asosan kunning o‘rtalarida, ya’ni talab kam bo‘lgan paytda ko‘proq ishlab chiqariladi. Bu esa tarmoqdagi yuklamaning nomutanosibligiga sabab bo‘ladi.

Shu sababli viloyat rahbarlari energiya balansini muvozanatlash uchun shamol va atom energetikasini rivojlantirishni tezlashtirishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, kunduzgi iste’molni rag‘batlantirish maqsadida tariflarni pasaytirish mumkin.

Ortiqcha energiyani saqlash va kechqurun taqsimlash uchun akkumulyator tizimlari ham keng joriy etilmoqda. Bu chora-tadbirlar elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon hayoti xavf ostida
Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon hayoti xavf ostida
Yaqin Sharq mintaqasida geosiyosiy keskinlik yana bir bor xavfli nuqtaga yaqinlashmoqda. Nufuzli Reuters axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Saudiya Arabistoni
DunyoBugun, 10:09
Peshovarda maktab binosi tomi qulashi natijasida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi
Peshovarda maktab binosi tomi qulashi natijasida o‘n sakkiz kishi halok bo‘ldi
Pokistonning shimoli-g'arbiy hududida joylashgan Peshovar shahrida mudhish voqea sodir bo'ldi. Shahardagi ta'lim muassasalaridan birining bino tomi kutilmaganda qulab
DunyoBugun, 03:39
AQSHda grin karta uchun arizalar qabul qilish muddati belgilandi
AQSHda grin karta uchun arizalar qabul qilish muddati belgilandi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashash va ishlash huquqini beruvchi Turli millatlar uchun viza lotereyasi, ya’ni Green Card dasturining navbatdagi bosqichi bo‘yicha aniqlik kiritildi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 03:32
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Ukraina chegarasida yirik dronlar harbiy bazasini qurdi
Rossiya Federatsiyasi Ukraina bilan chegara hududida eng zamonaviy reaktiv uchuvchisiz uchish apparatlarini uchirishga mo‘ljallangan yirik harbiy bazani barpo etdi.
DunyoBugun, 02:58
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Putin Ukrainani Rossiya raqamli tizimlariga hujumdan ogohlantirdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina tomoni Rossiyaning yirik elektron tijorat tarmoqlari, xususan, Wildberries va Ozon platformalariga hamda boshqa muhim infratuzilma obyektlariga hujum
DunyoBugun, 02:13
Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Tramp mayor Nidal Hasanning qatlini jonli efirda ko'rsatishdan voz kechdi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Fort-Xud harbiy bazasida mudhish jinoyat sodir etgan sobiq mayor Nidal Hasanning o'lim jazosini jonli efirda namoyish etish haqidagi rejasidan voz
DunyoBugun, 01:32