ENRU

YouTube Tramp bilan sudni 24,5 millionga hal qildi

Dunyo
40
YouTube Tramp bilan sudni 24,5 millionga hal qildi
CNN xabariga ko‘ra, YouTube AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lgan sud da’vosini katta miqdordagi to‘lov orqali hal qilishga kelishib oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tramp 2021-yil 6-yanvarda yuz bergan voqealardan keyin bir qator ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan YouTube platformasida ham bloklangan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, YouTube Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Trust for the National Mall nodavlat tashkilotiga 22 million dollar ajratadi.

Ushbu tashkilot Vashingtondagi National Mall maydonini tiklash va Oq Uy hududida maxsus zal qurilishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, YouTube yana 2,5 million dollarni boshqa da’vogarlarga, jumladan American Conservative Union tashkilotiga ham to‘laydi.

Eslatib o‘tamiz, YouTube Tramp tomonidan sudga berilgan uchta yirik ijtimoiy tarmoqdan oxirgisi bo‘ldi. Avvalroq Meta korporatsiyasi yanvar oyida 25 million dollar to‘lab, nizoni hal qilgan, Twitter esa fevral oyida 10 million dollarlik kelishuvga erishgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlar Trampning ayrim postlari zo‘ravonlikka chaqirishi mumkinligini bildirgan holda uning akkauntlarini bloklagan bo‘lsalar-da, hozirda texnologik kompaniyalar unga va uning tarafdorlariga nisbatan nisbatan iliqroq munosabatda bo‘lmoqda. Xususan, Elon Mask Twitter’ni sotib olgach, Tramp hisobini tikladi.

Keyinchalik Meta va YouTube ham shunday qaror qabul qildi. Yaqinda YouTube noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgani uchun bloklangan ayrim akkauntlarni qayta faollashtirishini e’lon qilib, konservativ fikrlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini ta’kidladi.

Bu o‘zgarishlar ijtimoiy tarmoqlarda siyosiy munosabatlarning yumshashiga olib kelmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59