Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Xitoyda salbiy kontentlarga qarshi ikki oy tozalash kampaniyasi boshlanadi

Dunyo
34
Xitoyda salbiy kontentlarga qarshi ikki oy tozalash kampaniyasi boshlanadi
The New York Times nashrining xabar berishicha, Xitoy rasmiylari sentabr oyining oxirida salbiy va tushkun kayfiyatlarni ortiqcha yoritadigan kontentlarga qarshi ikki oylik tozalash kampaniyasini boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu kampaniya doirasida ijtimoiy tarmoqlarda tushkunlikni targ‘ib qiluvchi, astoydil mehnat qilishning samarasizligini yoki farzand ko‘rish iqtisodiy jihatdan noto‘g‘ri ekanligini ta’kidlaydigan akkauntlar bloklandi. Ayniqsa, minimalist turmush tarzini ilgari surgan va martaba orzusidan voz kechishni maslahat bergan blogerlar ushbu cheklovlarga duch keldi.

Shuningdek, G‘arb mamlakatlaridagi hayot Xitoyga nisbatan yaxshiroq ekanligini ta’kidlagan foydalanuvchilar ham cheklov ostiga olindi. Ularning ayrimlari o‘n millionlab kuzatuvchilarga ega edi.

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida esa 1200 dan ortiq akkaunt mamlakat iqtisodi va uy-joy bozoriga oid noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatgani uchun o‘chirildi. Ushbu choralar Xitoyda ijtimoiy ruhiyatni barqarorlashtirish va salbiy axborot oqimini kamaytirishga qaratilgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026