ENRU

Tennessi AES zavodida kuchli portlash yuz berdi

Dunyo
51
Tennessi AES zavodida kuchli portlash yuz berdi
10 oktabr, juma kuni AQShning Tennessi shtatida joylashgan Accurate Energetic Systems (AES) korxonasida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mahalliy ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa natijasida kamida to‘rt kishi kasalxonaga yotqizilgan, 18 nafar ishchi bilan esa hozircha aloqa yo‘q. Hamfri okrugi sherifi Kris Devisning so‘zlariga ko‘ra, portlashda bir necha kishi halok bo‘lgan, ammo aniq raqam hali rasmiy ravishda e’lon qilinmagan.

Fox News o‘z manbalariga tayangan holda bir nechta qurbonlar borligini bildirgan. Portlash sodir bo‘lgan zavod Nashvill shahridan taxminan 80 kilometr masofada joylashgan.

Hodisa joyiga favqulodda xizmatlar, qutqaruvchilar hamda mina yo‘qotish bo‘yicha mutaxassislar jalb etilgan. Sherif Devisning aytishicha, ikkinchi portlash ehtimoli mavjud va tergov ishlari bir necha kun davom etishi mumkin.

U jurnalistlarga vaziyatni to‘liq nazoratga olish uchun vaqt kerakligini ta’kidladi. Hozircha portlash sababi aniqlanmagan.

Rasmiylar Accurate Energetic Systems zavodi mudofaa sohasi uchun portlovchi moddalar ishlab chiqarishga ixtisoslashganini ma’lum qildi. 1980 yilda tashkil etilgan kompaniya harbiy va tijorat maqsadlarida ishlatiladigan turli xil moddalarni ishlab chiqaradi.

The Washington Post nashri xabariga ko‘ra, AES uzoq yillar davomida AQSh armiyasiga poroh, dinamit, piyodalarga qarshi minalar va yirik kalibrli snaryadlar uchun komponentlar yetkazib kelgan. Bu zavoddagi ilk fojia emas.

2014 yilda ham shunday portlash yuz bergan bo‘lib, o‘shanda bir kishi halok bo‘lgan va uch kishi jarohat olgan edi. Hozirda hodisa joyi o‘rab olingan va tergov hamda texnik tekshiruv ishlari davom etmoqda.

AQSh rasmiylari fuqarolarni vaziyat barqarorlashguncha hududdan uzoqroq turishga chaqirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59