Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+20°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Peruda prezident Dina Boluarte impichment qilindi

Dunyo
24
Peruda prezident Dina Boluarte impichment qilindi
Peru parlamenti mamlakatda ortib borayotgan jinoyatchilik va siyosiy beqarorlik sababli prezident Dina Boluartega impichment e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Diario Gestion xabariga ko‘ra, kongressning 122 nafar a’zosi prezidentni lavozimidan chetlatish uchun yakdil ovoz berdi. Hech kim qarshilik ko‘rsatmagan va betaraf qolmagan.

Parlament a’zolari Boluartening axloqiy layoqatsizligini asos qilib ko‘rsatishdi. Ularning fikricha, davlat rahbari siyosiy va ijtimoiy inqirozni bartaraf eta olmadi, korrupsiyada ishtirok etdi va jamoatchilik ishonchini yo‘qotdi.

Hujjatda mamlakatdagi uyushgan jinoyatchilik darajasi yuqori ekani, fuqarolar xavfsizligining pastligi va qotilliklar sonining oshgani ta’kidlangan. Peru bosh vaziri Eduardo Arana hukumat kongress qarorini qabul qilishini bildirdi.

Dina Boluarte esa majlisda ishtirok etmadi. U 2022 yil dekabrdan beri prezidentlik qilayotgan edi.

Impichmentdan so‘ng parlament spikeri Xose Xeri yangi prezident etib tayinlandi. U 38 yoshda bo‘lib, iyul oyidan beri kongress rahbari hisoblanadi.

Sentyabr oyida Peruda ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Fuqarolar hukumatning jinoyatchilikka qarshi chorasizligi, pensiya islohotlari va korrupsiyaga qarshi kurashdagi samarasizlikdan norozi edi.

Shu tariqa, mamlakatda siyosiy beqarorlik kuchaydi va yangi prezident oldida xavfsizlik hamda ishonchni tiklash muhim vazifa sifatida turibdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026