Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

AQSH Xitoy mahsulotlariga 100 foiz boj joriy etadi

Dunyo
18
AQSH Xitoy mahsulotlariga 100 foiz boj joriy etadi
2025 yil 1 noyabrdan boshlab Amerika Qo‘shma Shtatlari Xitoy mahsulotlariga qo‘shimcha 100 foizlik boj to‘lovini joriy etadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, yangi tariflar hozirgi boj to‘lovlaridan alohida bo‘lib, Xitoyning keyingi harakatlariga qarab joriy etish muddati oldinroq ham bo‘lishi mumkin.

AQSHning bu qarori Xitoy tomonidan 1 noyabrdan deyarli barcha mahsulotlarga eksport cheklovlarini kiritish rejasiga javoban qabul qilinmoqda. Shu bilan birga, AQSH dasturiy ta’minot va ikki maqsadli texnologiyalarga nisbatan eksport nazoratini kuchaytiradi.

Bu texnologiyalar fuqarolik va harbiy sohalarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni o‘z ichiga oladi. Yangi tartibga muvofiq, Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotlarda oz miqdorda noyob yer metallari mavjud bo‘lsa, ularni eksport qilish uchun maxsus litsenziya talab etiladi.

Bu talab metallarga, shuningdek ularni qazib olish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va magnit materiallar ishlab chiqarish texnologiyalariga ham taalluqlidir. Xitoy hukumati ushbu cheklovlarni milliy xavfsizlikni, davlat manfaatlarini himoya qilish hamda texnologiyalar tarqalishini nazorat qilish maqsadida joriy etilganini ma’lum qildi.

Bu choralar xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida amalga oshirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026