ENRU

Yog‘och po‘latdan mustahkamroq materialga aylandi

Dunyo
21
Yog‘och po‘latdan mustahkamroq materialga aylandi
AQShdagi InventWood kompaniyasi olimlari yog‘ochni yangi texnologik ishlovdan o‘tkazib, uni po‘latdan o‘n barobar mustahkam va oltita barobar yengilroq holga keltirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Kompaniya ushbu materialni tijoriy asosda ishlab chiqarishni ham boshlagan. Ilmiy ish Yel universiteti professori Lyanbin Xu rahbarligida amalga oshirildi.

U avval yog‘ochni shaffof materialga aylantirish ustida tajribalar olib borgan, ammo keyinchalik asosiy maqsad sifatida yog‘ochni po‘latdan mustahkam qilishni belgilagan. Uning fikricha, tabiiy materiallar asosida ekologik va arzon qurilish yechimlari yaratish insoniyat uchun yangi yo‘nalish ochadi.

Yangi usulga ko‘ra, yog‘och avval maxsus kimyoviy eritmada pishiriladi, so‘ngra issiq press yordamida qattiq siqiladi. Bu jarayonda yog‘och hujayralari zichlashib, uning ichki tuzilishi butunlay o‘zgaradi.

Natijada, u oddiy metallardan ham mustahkam, egiluvchan va uzoq muddatli materialga aylanadi. InventWood rahbari Aleks Launing ta’kidlashicha, bu super yog‘och qurilish sohasida haqiqiy inqilob bo‘lishi mumkin.

Uning yengilligi binolarning og‘irligini kamaytiradi, bu esa zilzila xavfi yuqori hududlarda chidamliroq inshootlar qurish imkonini beradi. Shuningdek, bunday texnologiya qurilish xarajatlarini sezilarli darajada qisqartiradi.

Hozirgi vaqtda super yog‘och odatiy yog‘ochga nisbatan qimmatroq, ammo po‘lat ishlab chiqarish bilan solishtirganda, bu usulda 90 foizga kamroq uglerod chiqindilari hosil bo‘ladi. Olimlar buni ekologiya nuqtai nazaridan katta yutuq deb baholamoqda, chunki po‘lat sanoati dunyodagi eng yirik ifloslanish manbalaridan biri hisoblanadi.

Kompaniyaning uzoq muddatli rejasi — super yog‘ochni po‘lat bilan raqobatlasha oladigan darajaga yetkazish. Dastlab, u binolarning fasad qismlari, pollar va ichki bezaklarda qo‘llaniladi.

Keyinchalik esa mebel, devor konstruksiyalari va hatto butun binolar qurilishida keng foydalanilishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59