Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+20°
небольшая облачность ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Tramp Venesuelada maxfiy operatsiyalarni boshladi

Dunyo
19
Tramp Venesuelada maxfiy operatsiyalarni boshladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Markaziy razvedka boshqarmasiga Venesuela hududida maxfiy operatsiyalar o‘tkazish uchun rasmiy ruxsat berganini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda u Oq uyda jurnalistlar bilan suhbatda so‘zlab berdi. Qaror AQSh harbiy kuchlari Karib dengizi akvatoriyasida narkotik modda tashishda gumon qilingan kemalarga zarba berganidan keyin qabul qilingan.

Sentabrdan buyon kamida beshta qayiq yo‘q qilingan va 27 kishi halok bo‘lgan. Ularning to‘rttasi Venesueladan chiqqanligi aytilmoqda.

Trampning ta’kidlashicha, bu qadam ikki asosiy sababga ko‘ra qabul qilingan. Birinchidan, Venesuela narkotiklarni AQShga katta miqdorda olib kirmoqda, ikkinchidan esa Venesueladan AQShga mahbuslar yuborilmoqda.

Prezident ma’muriyat quruqlikda ham zarbalarni ko‘rib chiqayotganini bildirdi, bu esa Vashingtonning Venesuelaga nisbatan siyosatini yanada keskinlashtirishini anglatadi. Shu kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro milliy televideniyada chiqish qilib, MRB faoliyatini qoraladi va tinchlikka chaqirdi.

U MRBning “rejim almashtirish” amaliyotlarini Afg‘oniston, Iroq va Liviyadagi voqealar bilan solishtirib, bunday to‘ntarishlarga qarshi ekanligini bildirdi. Maduro 1973 yildagi Chili to‘ntarishini ham eslatib, Lotin Amerikasi yangi ziddiyatlarni xohlamasligini ta’kidladi.

Venesuela Tashqi ishlar vazirligi Trampning so‘zlarini “urushga chaqiruvchi va xavfli” deb baholadi. Vazir Ivan Gil bayonotida bu fikr xalqaro huquq va BMT Nizomiga zid ekanligi, jahon hamjamiyati tomonidan qoralanishi lozimligi aytildi.

AQSh Kongressining ikki partiya vakillari ham Tramp ma’muriyatining Venesuela narkokartellariga qarshi harbiy harakatlarini tanqid qildi va prezidentni Kongress roziligisiz urush boshlashda aybladi. Tahlilchilarning fikricha, Tramp ma’muriyati Venesuelaga bosimni kuchaytirish orqali Lotin Amerikasida o‘z nufuzini oshirishga intilmoqda.

Ammo hozircha hujum qilingan kemalar haqiqatdan narkotik tashiganiga oid aniq dalillar mavjud emas. Shu sababli, Vashington va Karakas o‘rtasidagi ziddiyat yangi bosqichga ko‘tarilib, siyosiy tortishuv ochiq harbiy to‘qnashuvga aylanish xavfi yuzaga kelmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026