Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Tramp va Putin uchrashuvi kutilgan natija bermadi

Dunyo
31
Tramp va Putin uchrashuvi kutilgan natija bermadi
Financial Times nashrining xabar berishicha, avgust oyida Alyaskada bo‘lib o‘tgan Donald Tramp va Vladimir Putin uchrashuvi kutilgan natijalarni bermadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, AQSh prezidenti Ukraina masalasidagi kelishuv muhokamasi o‘rniga Rossiya rahbari o‘rta asrlar tarixi haqida uzoq ma’ruza qilgan. Putin Tramp taklif qilgan “o‘t ochishni to‘xtatish evaziga sanksiyalarni yumshatish” variantini rad etgan.

Uning talablarida Ukraina to‘liq taslim bo‘lishi va Donbassdagi bosib olinmagan hududlarni Rossiyaga topshirish kirgan. Yopiq eshiklar ortida o‘tgan suhbatda Putin Trampga Ryurik, Yaroslav Mudriy va Bogdan Xmelnitskiy haqida tarixiy ma’ruza qilib, Rossiya va Ukraina “bir millat” degan g‘oyani asoslagan.

Manbalarga ko‘ra, Tramp bu gaplardan hayratda qolib, uchrashuvni tark etish bilan tahdid qilgan. Natijada muzokaralar muddatidan oldin yakunlangan va ikki tomon ishtirokidagi rejalashtirilgan iqtisodiy tushlik bekor qilingan.

Tramp Qrim anneksiyasini tan olish va Ukraina qo‘shinlarini Donbassdan qisman chiqarish taklifini bildirgan, ammo Putin butun mintaqani talab qilgan. Sammitdan keyin ikki yetakchi o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashgan.

Tramp Putinning muzokara uslubidan norozilik bildirib, Yevropa ittifoqchilariga Ukraina uchun Amerika zahiralaridan qurol sotib olishga ruxsat bergan. Shuningdek, Kiyevga Moskvagacha yetadigan Tomahawk raketa tizimlarini yetkazib berish masalasi muhokama qilingan.

Hindistonga esa AQSh Rossiya neftini sotib olishga qarshi 25 foizlik qo‘shimcha boj joriy qilgan. Shunga qaramay, Putin omma oldida Trampga nisbatan xushmuomala munosabatni saqlab qolmoqda.

U Charli Kirkning o‘ldirilishi munosabati bilan hamdardlik bildirgan va Trampni tinchlik uchun Nobel mukofotiga loyiq deb atagan. Politico nashri yozishicha, sammit ommaviy axborot vositalarida “Putinning g‘alabasi” sifatida yoritilishi Trampni qattiq g‘azablantirgan.

Biroq Oq uy rasmiy bayonotida Alyaskadagi muzokaralar samarali deb ta’kidlangan va muvaffaqiyatsiz o‘tganligi haqidagi gaplar asossiz deb topilgan. Ma’muriyat vakilining so‘zlariga ko‘ra, Vashington Rossiyaning pozitsiyasini yaxshiroq tushunish uchun har qanday muloqotni foydali deb hisoblaydi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026