Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Tufan Erhyurman Shimoliy Kiprda prezident bo‘ldi

Dunyo
17
Tufan Erhyurman Shimoliy Kiprda prezident bo‘ldi
Shimoliy Kipr Turk Respublikasida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida muxolifatdagi Turkiya Jumhuriyat partiyasi rahbari Tufan Erhyurman g‘alaba qozondi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u saylovda ovoz beruvchilarning taxminan 63 foizini qo‘lga kiritdi. Uning asosiy raqibi, amaldagi prezident Ersin Tatar esa 36 foiz atrofida ovoz olgan.

Ersin Tatar Turkiya hukumatining qo‘lloviga ega bo‘lib, orolning bo‘linib qolishini qo‘llab-quvvatlovchi siyosatchi sifatida tanilgan. Erhyurman o‘z g‘alabasini Kipr turk xalqining umumiy yutug‘i deb baholadi.

U Turkiya bilan do‘stona munosabatlar saqlanib qolishini ta’kidladi va orolning ikki qismi o‘rtasidagi muzokaralarni qayta boshlash niyatida ekanini bildirdi. Uning siyosiy yo‘nalishi federativ Kipr g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, bu Turkiyaning hozirgi siyosatidan farq qiladi.

Shimoliy Kipr iqtisodiy va harbiy jihatdan Turkiyaga bog‘liq bo‘lib kelgan. Erhyurman rahbarligidagi jamoa islohotlar o‘tkazish, fuqarolik jamiyati faolligini oshirish, lavozimlarga tayinlovlarda shaffoflikni ta’minlash hamda Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Mutaxassislar fikricha, ushbu saylov natijalari nafaqat Shimoliy Kiprning ichki siyosatiga, balki Anqara va Nikosiya o‘rtasidagi munosabatlarga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shimoliy Kipr Turk Respublikasi xalqaro miqyosda tan olinmagan davlat hisoblanadi.

U Kipr orolining shimoliy uchdan bir qismini egallaydi va faqat Turkiya tomonidan rasmiy tan olingan. Respublikada taxminan 300 ming aholi yashaydi.

Turkiya bu hududda harbiy kontingent saqlaydi, Kipr Respublikasi va BMT esa bu holatni okkupatsiya deb hisoblaydi. SHKTR ayni paytda Islom hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotida kuzatuvchi maqomiga ega.

Tufan Erhyurman g‘alabasi Kipr orolida siyosiy muhokamalarning yangi bosqichga o‘tish ehtimolini oshirdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026