Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Tramp Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilishni maqsad qilmoqda

Dunyo
18
Tramp Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilishni maqsad qilmoqda
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha yangi bayonot bilan chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko‘ra, Vashington mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Trampning aytishicha, kelishuvga erishish barcha tomonlar uchun foydali bo‘ladi.

Agar kelishuv amalga oshmasa, ko‘pchilik katta zarar ko‘rishi mumkin. Davlat rahbari urushni to‘xtatish asosiy diplomatik maqsad ekanini ta’kidladi va Moskva hamda Kiyev bilan muloqotni davom ettirishlarini bildirdi.

Shuningdek, Ukraina hozircha g‘alaba qozonishi mumkin, ammo bu ehtimol juda past ekanligini qayd etdi. Tramp barcha masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanligini ta’kidladi.

Oq uy rahbari Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi munosabatlar murakkabligini ham ochiqchasiga aytdi. Ularning bir-birini yomon ko‘rishi vaziyatni yanada qiyinlashtirmoqda, dedi Tramp.

Ma’lumot uchun, o‘tgan haftada Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan. Bu suhbat 16-oktyabrda bo‘lib o‘tgan.

Ertasi kuni esa Tramp Oq uyda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbatlardan so‘ng AQSH prezidenti Putin bilan ikkinchi uchrashuvni o‘tkazish niyatini ma’lum qildi.

Uchrashuv Budapeshtda bo‘lib o‘tishi mumkin, ammo aniq sana hali belgilanmagan. Uchrashuv yaqin haftalarda rejalashtirilmoqda.

Siyosatshunoslar fikricha, Trampning bayonoti Ukraina atrofidagi diplomatik faollikning oshishidan dalolat beradi. Vashington mojaroni uzoq muddatli siyosiy yechimga olib keladigan yangi formatni ishlab chiqish ustida faol ishlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026