Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 1 noyabr
+20°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, С
ENRU

Bolgariya Putin va Tramp uchrashuvini qo‘llab-quvvatlaydi

Dunyo
57
Bolgariya Putin va Tramp uchrashuvini qo‘llab-quvvatlaydi
Bolgariya hukumati Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida Budapeshtda uchrashuv o‘tkazish imkoniyatiga munosabat bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mamlakat tashqi ishlar vaziri Georg Georgiyevning so‘zlariga ko‘ra, Sofiya tinchlik muzokaralariga xizmat qiladigan har qanday tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. U Bolgariya milliy radiosiga bergan intervyusida tinchlikka erishish uchun zarur bo‘lgan har qanday uchrashuvni tashkil etish eng to‘g‘ri yo‘l ekanini ta’kidladi.

Vazir jurnalist savoliga javoban uchrashuvda ishtirokchilar kelmasa, uning ma’nosi yo‘q ekanini aytdi. Shu bilan birga, u tinchlik muzokaralariga xizmat qiladigan har qanday harakatni qo‘llab-quvvatlashni ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 16-oktyabr kuni Donald Tramp Rossiya prezidenti bilan ikki soatlik telefon muloqoti o‘tkazgan. Suhbattan so‘ng Tramp Budapeshtda yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazish niyatini ma’lum qilgan.

Boshqa tomondan, Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas bu uchrashuv ehtimolini “yoqimsiz signal” deb baholadi. Uning fikricha, xalqaro jinoiy sud tomonidan qidirilayotgan shaxsning Yevropa hududiga kelishi noqulay holatdir.

Shu bilan birga, Kallas agar uchrashuv tinchlik muzokaralariga yordam bersa, uning siyosiy ahamiyati borligini tan oldi. Bolgariyaning ushbu bayonoti Yevropa siyosiy maydonida katta e’tibor qozondi.

Ayrim tahlilchilar Sofiyaning munosabatini pragmatik va diplomatik yondashuv deb atamoqda. Unga ko‘ra, Bolgariya Moskva bilan munosabatlarni yomonlashtirmasdan, Yevropa Ittifoqi siyosati bilan ham ziddiyatga kirishmaslikni maqsad qilgan.

Hozircha Putin va Tramp o‘rtasidagi Budapesht sammitining aniq sanasi ma’lum emas, ammo diplomatik manbalarga ko‘ra, uchrashuv yaqin haftalarda bo‘lib o‘tishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026