Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Xitoyda meduza shaklidagi suvosti droni yaratildi

Dunyo
45
Xitoyda meduza shaklidagi suvosti droni yaratildi
Xitoylik muhandislar suv ostida yashirin harakatlana oladigan meduza shaklidagi “arvoh” dronni yaratdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu ilmiy yutuq South China Morning Post nashri tomonidan e’lon qilindi. Shimoli-g‘arbiy politexnika universitetining mexanika va elektrotexnika fakulteti tadqiqotchisi Tao Kay boshchiligidagi jamoa tomonidan ishlab chiqilgan bu qurilma “suvosti fantomi” nomi bilan tanilgan.

Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, dron suvga tushgach, haqiqiy meduzadan farq qilmaydi va uning tabiiy harakati suv ostida yashirin monitoring, biologik muhitni kuzatish hamda infratuzilmalarni tekshirish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Tao Kayning so‘zlariga ko‘ra, dronning energiya sarfi juda kam bo‘lib, u deyarli shovqin chiqarmaydi.

Tashqi ko‘rinishi tabiiy meduzaga o‘xshashligi sababli chuqur suvlarda ekologik tahlil va yashirin missiyalar uchun ideal hisoblanadi. Meduza-dronning asosiy qismi shaffof gidrogel elektrod materialidan tayyorlangan bo‘lib, uning tanasi soyabon shaklidagi bosh va harakatlanuvchi paychalardan tashkil topgan.

Qurilmaning diametri 120 millimetr, og‘irligi esa atigi 56 grammni tashkil etadi. Robot harakatlanish uchun elektrostatik gidravlik aktuatordan foydalanadi, bu mexanizm haqiqiy meduzaning tabiiy harakatlarini taqlid qiladi.

Dron 28,5 millivatt quvvatda ishlaydi va suv ostida deyarli hech qanday fizik yoki akustik iz qoldirmaydi. Bu esa unga uzoq muddatli yashirin kuzatuvlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Bundan tashqari, meduza-dron miniatyura kamera moduli va ichki sun’iy intellekt chipi bilan jihozlangan bo‘lib, to‘plangan ma’lumotlarni mustaqil tahlil qiladi va zarurat bo‘lganda real vaqt rejimida signal uzata oladi. Mutaxassislar fikricha, ushbu yangilik suv osti tadqiqotlari, ekologik monitoring va harbiy razvedka sohalarida yangi bosqich boshlanishiga sabab bo‘ladi.

Xitoyning bu loyihasi suvosti robototexnikasida yangi avlodni yaratish sifatida baholanmoqda. Ushbu qurilma kelajakda suv osti faoliyatlarining samaradorligini oshirish va muhim ma’lumotlarni yashirin tarzda to‘plash imkonini beradi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026