ENRU

“Shenchjou-21” ekipaji Yerga qaytishi kechikdi

Dunyo
25
“Shenchjou-21” ekipaji Yerga qaytishi kechikdi
Xitoyning “Tyangun” orbital stansiyasi tarkibidagi “Shenchjou-21” kosmik ekipaji belgilangan muddatda Yerga qayta olmadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Xitoyning Inson boshqaruvidagi kosmik dasturi agentligi (CMSA) ma’lum qildi. Sabab sifatida qaytish kapsulasiga kosmik chiqindilarning mikroskopik zarrachalari urilgani ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 5-noyabr kuni uch nafar astronavtni o‘z ichiga olgan “Shenchjou-21” ekipaji Yerga qaytishi kerak edi. Biroq kapsuladagi texnik nosozlik tufayli muhandislar xavfsizlikni tahlil qilgan holda missiyani noma’lum muddatga uzaytirishga qaror qilishgan.

Hozircha ekipajni qaytarish bo‘yicha aniq sana yoki texnik yechim haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, chiqindilar zarrachalari juda kichik bo‘lsa-da, ular kapsulaning konstruksiyasiga sezilarli zarar yetkazishi mumkin.

Moddiy zarar bartaraf etilmasa, protokolga asosan, “Shenchjou-20” ekipaji “Shenchjou-21”ning zaxira modulidan foydalanib Yerga qaytishi mumkin. Oddiy holatda “Shenchjou” dasturining missiyalari olti oylik muddatni o‘z ichiga oladi.

Ular davomida astronavtlar “Tyangun” orbital stansiyasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi, texnik uskunalarni sozlaydi va kosmik chiqindilarni yo‘qotish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi. Shu yilning 1-noyabrida “Shenchjou-21” ekipaji — Chjan Xongjang, U Fey va Chjan Lu orbital stansiyaga muvaffaqiyatli yetib borgandi va yangi ilmiy missiyani boshlagan edi.

Bundan oldin orbitada faoliyat olib borgan “Shenchjou-20” ekipaji — komandir Chen Dong, uchuvchi Chen Chjunjuy va muhandis Van Jie aprel oyida stansiyada ish boshlagan. Ularning xizmat muddati yakunlanish arafasida bo‘lganida texnik muammo yuzaga kelgan.

Shuningdek, “Shenchjou-21” kemasi uchirilganida uning bortida ilmiy tajribalar uchun to‘rtta sichqon ham bo‘lgan. Ushbu voqea Xitoyning kosmik dasturlari tarixida jiddiy sinov bo‘lib, mamlakat kelgusida xavfsizlik choralari ustida ko‘proq ishlashi lozimligini ko‘rsatadi.

Xitoy 2030-yilgacha Oyga astronavt jo‘natishni rejalashtirgan va shu yo‘nalishda faoliyatini davom ettirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59