Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+15°
пасмурно ветер 2 м/с, СВ
ENRU

Yaponiyada 6,9 magnitudali zilzila va sunami xavfi qayd etildi

Dunyo
36
Yaponiyada 6,9 magnitudali zilzila va sunami xavfi qayd etildi
Yaponiyaning shimoli-sharqiy hududida 9-noyabr kuni 6,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu haqda Kyodo News axborot agentligi xabar berdi. Seysmik hodisa Sanriku sohillaridan 16 kilometr chuqurlikda, mahalliy vaqt bilan soat 17:03 da qayd etilgan.

Yaponiya meteorologiya agentligi Ivate prefekturasi uchun 1 metrgacha bo‘lgan sunami xavfi yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirish berdi. Ivate va Miyagi hududlarida zilzila kuchi 4 ball darajasida sezilgan.

Hozircha katta zarar yoki jarohatlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Kuji va Ofunato shaharlarida 20 sm balandlikdagi, Miyako va Kamayishida esa 10 sm balandlikdagi sunami to‘lqinlari kuzatilgan.

Tohoku tezyurar poyezdlari harakati vaqtincha to‘xtatilgan, ammo keyinchalik qayta tiklangan. Mutaxassislar aholini hushyorlikka chaqirib, seysmik xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etishni tavsiya qilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026