Bugun
Bahodir Jalolov WBC reytingida yuqori pog‘onaga ko‘tarildi
+24°
переменная облачность ветер 1 м/с, СВ
ENRU

Suriya prezidenti AQSh admirallari bilan basketbol o‘ynadi

Dunyo
19
Suriya prezidenti AQSh admirallari bilan basketbol o‘ynadi
Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’a AQShga rasmiy tashrifini odatdagidan farqli tarzda boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U tashrifining ilk kunida sport maydonida bo‘lib, AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari admiral Bred Kuper va uning o‘rinbosari admiral Kevin Lambert bilan basketbol o‘ynadi. Bu haqda prezident o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Ash-Shara’a o‘z postida “Admirallar Kuper va Lambert bilan maydonda biroz mashg‘ulot o‘tkazdik”, deb yozgan. Ushbu harakat ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Foydalanuvchilarning fikricha, bu “yumshoq diplomatiya”ning ifodasi yoki siyosiy munosabatlarni noodatiy tarzda boshlashga qaratilgan do‘stona harakat bo‘lishi mumkin. Prezident Ahmad ash-Shara’a 8 noyabr kuni AQShning Vashington shahriga rasmiy tashrif bilan kelgan edi.

Tashrif doirasida u 10 noyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi va ikki davlat o‘rtasidagi muhim masalalarni muhokama qildi. Ma’lumot uchun, CENTCOM AQShning Yaqin Sharqdagi strategik harbiy masalalarni muvofiqlashtiruvchi qo‘mondonligi hisoblanadi.

CENTCOM rahbari admiral Bred Kuper sentyabr oyida Damashqqa tashrif buyurgan va Suriyaning yangi rahbari bilan ilk bor uchrashgan edi.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya Misrdagi ko'rgazmada G'arbni xavotirga solgan yangi qurollarni namoyish etdi
Rossiya Misrdagi ko'rgazmada G'arbni xavotirga solgan yangi qurollarni namoyish etdi
Misr poytaxtida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro aviasalonda Rossiya mudofaa sanoati o‘zining yangi va sirli qurol namunalarini namoyish etdi. Tadbirda taqdim etilgan
DunyoBugun, 00:13
Niderlandiyada dunyodagi eng yirik ananaviy gullar paradi bo'lib o'tdi
Niderlandiyada dunyodagi eng yirik ananaviy gullar paradi bo'lib o'tdi
Niderlandiyaning Zundert shahrida dunyodagi eng yirik va mashhur gul bayramlaridan biri hisoblangan Corso Zundert paradi bo‘lib o‘tdi. Ushbu an’anaviy tadbirda
DunyoKecha, 23:34
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
Xitoy Amerika obligatsiyalarini sotib oltin zaxiralarini keskin ko'paytirmoqda
Jahon moliya bozorida dollar hukmronligiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yirik geosiyosiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Dunyoning ikkinchi raqamli iqtisodiyoti
DunyoKecha, 03:50
Latviya Rossiya va Belarus bilan avtobus qatnovlarini to'xtatadi
Latviya Rossiya va Belarus bilan avtobus qatnovlarini to'xtatadi
Latviya hukumati 2027-yilning 1-yanvaridan boshlab Rossiya va Belarus yo‘nalishidagi barcha muntazam avtobus qatnovlarini, shuningdek, mamlakat hududi orqali o‘tuvchi tranzit yo‘lovchi tashuvlarini
DunyoKecha, 03:31
AQSH Kanadaga qarshi keskin savdo cheklovlari va bojlar joriy etdi
AQSH Kanadaga qarshi keskin savdo cheklovlari va bojlar joriy etdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari va Kanada o‘rtasidagi savdo munosabatlari misli ko‘rilmagan darajada keskinlashdi. AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan imzolangan yangi
DunyoKecha, 02:52
Serbiya prezidenti parlamentni tarqatib muddatidan oldin saylov tayinladi
Serbiya prezidenti parlamentni tarqatib muddatidan oldin saylov tayinladi
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakat parlamentini tarqatish va muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni imzolashini ma’lum
DunyoKecha, 02:09