Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, С
ENRU

Toshkent metrosidagi hazil blogerni muammoga duch qoldirdi

Dunyo
24
Toshkent metrosidagi hazil blogerni muammoga duch qoldirdi
2025 yil 10-noyabr kuni Qozog‘istondan kelgan bloger Arujan Aybekova Toshkent metrosida o‘tkazgan hazil (prank) sabab unga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Avvalroq u Toshkent metrosida yosh yigitlarga hazil qilish jarayonini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilgan edi. Ushbu videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

O‘zbekistonlik foydalanuvchilar blogerning bu harakatini hurmatsizlik sifatida qabul qilishdi. Ayniqsa, ayollar jamoat transportida turli noqulaylik va bosimlarga duch keladigan sharoitda bunday hazillarni masxara deb baholashdi.

Blogerning keyingi videosida u onasining ovozli xabarini tinglayotganda ko‘z yoshlarini tiyib turolmagani aks etgan. Onasi unga quyidagicha murojaat qilgan: "Endi men odamlarning ko‘ziga qanday qarayman?

Bu ishni tashla. Bu yo‘l seniki emas." Arujan esa javobida hammasi yaxshi bo‘lishini aytib, o‘z harakatlariga izoh berdi: "Men odamlarni xursand qilishni, ularning kayfiyatini ko‘tarishni istadim.

Mening maqsadim atrofni quvonch va muhabbat bilan to‘ldirish edi," dedi u.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026