Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 10 noyabr
+16°
облачно с прояснениями ветер 2 м/с, ЮЗ
ENRU

Bishkekda kafelar 22:00 dan keyin yopiladi

Dunyo
51
Bishkekda kafelar 22:00 dan keyin yopiladi
Qirg‘izistonning Bishkek shahri hokimiyati tomonidan jamoat ovqatlanish muassasalarining faoliyatiga yangi cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qarorga muvofiq, kafe, restoran, bar va tungi klublar soat 22:00 dan keyin ishlashni to‘xtatishi shart. Mazkur cheklov tinchlikni saqlash va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Shahar ma’muriyati muassasa egalariga kechki vaqtlarda ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazmaslik, elektr jihozlari, jumladan, pech va isitish moslamalarini o‘chirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Ushbu choralar Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Kamchibek Tashiyev tomonidan berilgan tavsiyalar asosida amalga oshirildi.

Shuningdek, tuman ma’muriyatlariga ushbu qoidalar ijrosini nazorat qilish va muntazam reydlar o‘tkazish vazifasi yuklatildi. Maqsad – qonunlarga rioya qilinishini ta’minlash va shahar xavfsizligini mustahkamlash.

Bu haqda Kaktus.media axborot nashri xabar berdi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026