ENRU

Ob suvini O‘zbekistonga yo‘naltirish loyihasi qayta ko‘rilmoqda

Dunyo
70
Ob suvini O‘zbekistonga yo‘naltirish loyihasi qayta ko‘rilmoqda
Rossiya Fanlar akademiyasi uzoq yillar davomida to‘xtab qolgan ulkan loyihani qayta ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Gap Ob daryosi suvining bir qismini Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonga yo‘naltirish haqida bormoqda. Bu tashabbusning asosiy maqsadi — mintaqada ortib borayotgan suv tanqisligi, cho‘llanish xavfi va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yumshatishga qaratilgan.

Sovuq urush davrida taklif etilgan “Sibir daryolarini burish” loyihasi zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ko‘rib chiqilmoqda. Ilgari ochiq kanallar orqali suv yetkazish rejalashtirilgan bo‘lsa, hozirgi kunda zamonaviy yopiq bosimli quvurlar tizimidan foydalanish taklif qilinmoqda.

Rossiya Fanlar akademiyasining so‘nggi yig‘ilishida ushbu loyiha bilan bog‘liq strategiya, xavf va imkoniyatlar atroflicha muhokama qilindi. Olimlar transchegaraviy suv taqsimoti, iqlim o‘zgarishining ta’siri va Markaziy Osiyo mamlakatlarining rivojlanishiga ta’sirini chuqur tahlil qilish zarurligini ta’kidlashdi.

Loyihani amalga oshirish bo‘yicha ikkita asosiy ssenariy muhokama qilindi. Birinchi ssenariy bo‘yicha Ob daryosi suvini Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi Orolbo‘yi mintaqasiga yo‘naltirish taklif etilmoqda.

Ikkinchi ssenariy esa Pechora va Shimoliy Dvina daryolarining suvini Volga havzasiga uzatishni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu kabi gidrotexnik loyihalar Rossiya va Markaziy Osiyo suv balansiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Loyihaning bir konsepsiyasi 2100 kilometr uzunlikdagi yopiq bosimli quvur tizimini qurishni taklif qiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha birinchi bosqichda yiliga 5,5 milliard kub metr suv yetkazib berishi mumkin.

Talab oshganda bu hajmni bir necha barobar ko‘paytirish imkoniyati ham mavjud. Ammo loyiha juda katta mablag‘ talab qiladi.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, loyiha qiymati kamida 100 milliard dollarni tashkil etadi va uni amalga oshirish o‘n yilga yaqin vaqtni oladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, SSSR davrida ham Sibir suvlarini Markaziy Osiyoga yo‘naltirish loyihasi uzoq vaqt muhokama qilingan, ammo 1986-yilda iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topilib, to‘xtatilgan edi.

Hozirgi kunda esa iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi va Orolbo‘yi mintaqasidagi ekologik muammolar sabab bu loyiha yana kun tartibiga qaytmoqda. Olimlar loyihaning amaliy yoki amaliy emasligini aniqlash uchun keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish zarurligini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59