Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
+14°
облачно с прояснениями ветер 1 м/с, В
ENRU

Tim Kuk 2026-yilda Apple rahbarligidan ketishi mumkin

Dunyo
44
Tim Kuk 2026-yilda Apple rahbarligidan ketishi mumkin
Financial Times nashrining xabariga ko‘ra, Apple kompaniyasining bosh direktori Tim Kuk 2026-yilda o‘z lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, uning o‘rniga asosiy nomzod sifatida apparat vositalari ishlab chiqilishini boshqarayotgan katta vitse-prezident Jon Ternus ko‘rilmoqda. Yakuniy qaror hali qabul qilinmagan bo‘lsa-da, Apple yangi rahbar nomini ehtimol, yanvar oyida moliyaviy hisobot e’lon qilingandan keyin ma’lum qiladi.

Yil boshida rahbariyatda o‘zgarishlar amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu kelajakdagi bosh direktorga iyun oyida o‘tadigan dasturchilar konferensiyasi va sentyabrda rejalashtirilgan yangi iPhone taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

Apple rahbariyatida kadrlar almashinuvi davom etmoqda. Joriy yilda kompaniyani moliyaviy direktor Luka Maestri yil boshida, operatsion direktor Jeff Uilyams esa yozda tark etdi.

Hozirda 65 yoshda bo‘lgan Tim Kuk 2011-yildan beri Apple rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda. U Stiv Jobsning o‘rnini egallagan va uning boshqaruvi davrida kompaniyaning bozor qiymati 350 milliard dollardan 4 trillion dollarga yetdi.

Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, Apple Siri uchun sun’iy intellekt modeli bo‘yicha Google kompaniyasiga yiliga 1 milliard dollar to‘lashga tayyor ekanini bildirgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026