ENRU

Ukraina Umerovning qochgani haqidagi xabarni rad etdi

Dunyo
36
Ukraina Umerovning qochgani haqidagi xabarni rad etdi
Bugun, 17-noyabr kuni Rossiya ommaviy axborot vositalarida Ukrainadagi yuqori lavozimdagi shaxs, sobiq mudofaa vaziri va hozirgi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov mamlakatdan chiqib ketib, qaytib kelmasligi mumkinligi haqida xabar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, Umerov xorijiy safarda bo‘lib, Ukrainaga qaytishni rejalashtirmayotgani aytilmoqda. Biroq, Ukraina tomoni bu xabarlarni rasman rad etdi.

Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi Rustem Umerov hozirda AQShda ekanini va u yerda ishchi uchrashuvlar o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, Umerov mamlakat rahbariyati bilan doimiy aloqada ekani ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, Umerovning qochgani haqidagi xabarlar Rossiya OAVda korrupsiya mojarosi bilan bog‘liq fonda paydo bo‘lgan. Mazkur mojaro ukrainalik tadbirkor Timur Mindich bilan bog‘liq bo‘lib, u Isroilga qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Mindich Ukraina ommaviy axborot vositalarida energetika sohasining soya rahbari sifatida tilga olinmoqda. Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Rustem Umerov 1982-yilda Samarqand shahrida qrim-tatar oilasida tug‘ilgan.

Sovet Ittifoqi qulaganidan so‘ng, uning oilasi Qrimga ko‘chib o‘tgan. U 2023-yilning sentyabr oyigacha Ukraina mudofaa vaziri lavozimida ishlagan, shuningdek, Ukraina Davlat mulki jamg‘armasi raisi sifatida faoliyat yuritgan.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59