ENRU

Immun tizimining qarishga qarshi yangi mexanizmi topildi

Dunyo
33
Immun tizimining qarishga qarshi yangi mexanizmi topildi
Isroildagi Ben-Gurion universiteti olimlari inson organizmining qarishga qarshi tabiiy kurash mexanizmlarini o‘rganishda muhim ilmiy natijaga erishishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tadqiqotchilar immun tizimida avval noma’lum bo‘lgan, ammo qarish jarayonini sekinlashtirishda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan maxsus hujayralarni aniqlashdi. Mazkur hujayralar CD4 T-hujayralarining o‘ziga xos turi bo‘lib, ular organizmda yig‘ilib boradigan senessent, ya’ni qarigan va faoliyatini to‘xtatgan, “zombi” deb ataluvchi hujayralarni yo‘q qilish qobiliyatiga ega.

Bunday hujayralar ko‘payishdan to‘xtagani bilan organizmda zararli moddalar ajratib, yallig‘lanish jarayonlarini qo‘zg‘atadi, bu esa to‘qimalarga zarar yetkazib, yoshga doir kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Tadqiqot natijasida CD4 T-hujayralari senessent hujayralarning ta’sirida maxsus “jangchi” shakl – CD4-Eomes ko‘rinishiga o‘tishi molekulyar darajada isbotlandi.

Ushbu jangchi hujayralar “zombi” hujayralarni aniqlab, ularni yo‘q qiladi va ularning haddan tashqari ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydi. Sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalarda CD4-Eomes hujayralari senessent hujayralar mavjudligiga bog‘liq holda paydo bo‘lishi tasdiqlandi.

Shuningdek, ushbu hujayralarning faolligi sun’iy ravishda to‘xtatilganda, qarigan hujayralar soni keskin oshgani kuzatildi. Bundan tashqari, jigar sirrozi modelida o‘tkazilgan tadqiqotlar CD4-Eomes hujayralarining to‘qimalarni yemirilishdan himoya qilish va qarish alomatlarini pasaytirish qobiliyatini ko‘rsatdi.

Mutaxassislar ushbu kashfiyot immun tizimining qarishga qarshi tabiiy mexanizmlarga ega ekanini isbotlab, biologik qarishni sekinlashtirishda yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidlashmoqda. Kelajakda CD4-Eomes hujayralari faolligini oshirish usullari yordamida yoshga oid kasalliklarning oldini olish imkoniyati yaratilishi mumkin.

Ammo bu borada qo‘shimcha keng qamrovli tadqiqotlar o‘tkazilishi zarur. Yangi mexanizm qarishga qarshi kurashda umidli istiqbol ochayotgani shubhasiz.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59