Bugun
«Qizilqum» «Lokomotiv» bilan durang o'ynadi
+10°
ясно ветер 2 м/с, Ю
ENRU

Zelenskiy tinchlik rejasi bo‘yicha qaror arafasida

Dunyo
25
Zelenskiy tinchlik rejasi bo‘yicha qaror arafasida
Ukraina atrofidagi diplomatik vaziyat tobora murakkablashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

The Washington Post nashri jurnalisti Devid Ignatiusning yozishicha, yangi tinchlik rejasi yuzaga kelishi bilan Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z faoliyatidagi eng qiyin va mas’uliyatli qarorlardan birini qabul qilish arafasida turibdi. Maqolada keltirilishicha, bu reja bo‘yicha dastlabki muzokaralar bir oydan ortiq vaqt davomida olib borilgan.

O‘tgan hafta Ukraina Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Rustem Umerovning Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan Floridada uchrashuvga tayyorligi haqida bergan bayonoti jarayonni yanada tezlashtirgan. Ignatiusning manbalari ta’kidlashicha, Ukraina armiyasining Donesk yo‘nalishidagi muvaffaqiyatsizliklari va korrupsiya mojarolari Vashingtonni urushni tugatish uchun yangi yo‘nalish qidirishga undagan.

Floridadagi uchrashuvda Umerov go‘yoki Zelenskiy Donbass bo‘yicha murosaga borishi va armiyani 600 ming kishigacha qisqartirishni ko‘rib chiqishi mumkinligini bildirgan. Ammo Umerov bu fikrlarni rad etib, o‘sha uchrashuvda faqat texnik masalalar bo‘yicha ishlaganini aytgan.

Yangi tinchlik rejasi hujjatida Ukraina armiyasining sonini cheklashga doir band mavjudligi aytilmoqda. Biroq Yevropa yetakchilari bu taklifni qo‘llab-quvvatlamagan.

The Washington Post manbalari bu hujjat Kiyevga bosim o‘tkazish uchun emas, balki muhokama uchun asos sifatida taqdim etilganini qayd etgan. AQSH rasmiylari esa Ukraina suvereniteti saqlanishi muhimligini ta’kidlamoqda.

Ularning aytishicha, Ukraina qulashiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak, aks holda bu butun Yevropaga xavf tug‘diradi. Tramp ma’muriyati tinchlik rejasi bandlarini qayta ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Jumladan, armiyani qisqartirishga doir talabni yumshatish yoki bekor qilish masalasi muhokama qilinmoqda. Shuningdek, Ukrainaga uzoq masofali «Tomahavk» raketalarini yetkazib berish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

Biroq Yevropa bu masalaga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv imzolanganidan keyin 100 kun ichida Ukrainada saylov o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Bu saylovlar tinchlik shartnomasini xalq tomonidan tasdiqlash usuli sifatida baholanmoqda. Shu bilan birga, Zelenskiy va uning hukumatini korrupsiya mojarolaridan himoya qilish uchun amnistiya bandi ham kiritilgan.

Tramp ma’muriyati bu rejani Rossiyaga bir tomonlama yordam sifatida ko‘rmaslikka harakat qilmoqda. Yakunda Zelenskiyning qarori hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Agar u rejani ma’qullasa, mas’uliyat Moskvaga o‘tadi; agar rad etsa, urush yana bir yil davom etishi ehtimoli yuqori. Ushbu jarayon Ukraina, Yevropa va AQSH uchun yangi bosqichni boshlab berishi mumkin.

Zelenskiy tanlovi esa mintaqadagi geosiyosiy muvozanatni belgilashi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari soatni orqaga surib qishki vaqtga o'tdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 25 oktyabr kechasi soat millarini bir soat orqaga surib, qishki vaqt rejimiga o'tdi. Bryusselda soat 03:00 da millar 02:00 ga qaytarildi.
DunyoBugun, 01:46
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSHda o‘zbek fuqarosi 24 ta yuk partiyasini o‘g‘irlashda ayblanib yotir
AQSH Adliya vazirligi 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Nursulton Haydarovga nisbatan kamida 24 ta yirik yuk partiyasini o‘g‘irlash bo‘yicha jinoiy til biriktirish ayblovini e’lon qildi. Bu haqda
DunyoBugun, 01:26
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Mask Starlinkda Ukrainaning dron boshqaruvi cheklovini tasdiqladi
Ilon Mask Starlink internet tizimidan Ukrainada o‘rta masofaga uchuvchi zarbdor dronlarni boshqarish uchun foydalanish imkoniyatini chekladi. Bu qarorning to‘g‘ridan
DunyoBugun, 00:44
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya Konstitutsiyasiga tarixiy o'zgarishlar kiritish rejalashtirilgan
Yaponiya hukumati Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon o‘zgarishsiz qolayotgan mamlakat Konstitutsiyasiga tarixiy tuzatishlar kiritish yuzasidan rasmiy muzokaralarni boshladi. Bu haqda One.uz
DunyoBugun, 00:09
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyor
Rossiya Federatsiyasi rahbariyati Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama tinchlik muzokaralarini qayta boshlashga tayyorligini rasmiy ravishda e'lon
DunyoKecha, 23:38
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Tiranada namoyishchilar va politsiya o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi
Albaniya poytaxti Tirana shahrida minglab fuqarolar korrupsiya, iqtisodiy qiyinchiliklar va amaldagi hukumat siyosatiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlarini boshladi. Bu haqda One.uz xabar
DunyoKecha, 16:59