Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 5 м/с, СЗ
ENRU

Rossiyadan Termizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Dunyo
44
Rossiyadan Termizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi
Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasi Rostov-Don shahridan Termiz shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu yo‘nalishda reyslar haftasiga yetti martagacha amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda RBK nashri "Rosaviatsiya" ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Shuningdek, aviakompaniya Rostovdan Tojikistonning Dushanbe va Xo‘jand shaharlariga ham haftasiga yetti martagacha reyslarni amalga oshirishni mo‘ljallagan. Uzoq xorijiy yo‘nalishlardan Iordaniya va Ummon davlatlariga parvozlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Hozirda "Azimut" aviakompaniyasi O‘zbekistonning Toshkent va Samarqand shaharlariga muntazam reyslarni amalga oshirib kelmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil noyabr oyining boshiga qadar O‘zbekistonga 852 ming nafar rossiyalik tashrif buyurgan.

Joriy yilning o‘tgan o‘n oyida mamlakatga jami 9,7 million xorijlik kelgani qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 50 foizga ko‘pdir.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026