Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

O‘zbekiston suv toshqinlari bo‘yicha hamdardlik bildirdi

Dunyo
53
O‘zbekiston suv toshqinlari bo‘yicha hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Indoneziya, Tailand va Shri-Lanka davlatlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida yetkazilgan talofotlar munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tashqi ishlar vazirligi bayonotida "Marhumlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik izhor qilamiz va jarohat olganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz", deya ta’kidlangan. 2-dekabr holatiga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘qligi qayd etilgan.

Vaziyat Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan muntazam nazorat qilib borilmoqda. Zarurat tug‘ilganda, O‘zbekiston fuqarolari yordam uchun tegishli vakolatxonalarga murojaat qilishlari mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, kuchli musson yomg‘irlari Indoneziya, Shri-Lanka va Tailandda suv toshqinlari hamda ko‘chkilarga sabab bo‘lgan. Tabiiy ofat oqibatida 1,2 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, yana 800 nafar kishi bedarak yo‘qolgan.

Indoneziyada yo‘llar va ko‘priklar jiddiy zarar ko‘rgan. Qutqaruvchilar odamlarni evakuatsiya qilishda vertolyot va qayiqdan foydalanmoqda, biroq noqulay ob-havo sharoiti qutqaruv ishlarini murakkablashtirmoqda.

Shri-Lankada yuzlab odamlar izolyatsiyada qolgan, Tailandda esa tiklash ishlari davom etmoqda. O‘zbekiston ushbu davlatlarga o‘zining hamdardligini bildirib, mazkur mintaqada yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini yengishda ularga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026