Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Yevropa Ittifoqi Meta’ga qarshi tekshiruv boshlashi mumkin

Dunyo
31
Yevropa Ittifoqi Meta’ga qarshi tekshiruv boshlashi mumkin
Yevropa Ittifoqi Meta kompaniyasiga qarshi monopoliyaga qarshi tekshiruv boshlashi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Financial Times nashrining xabariga ko‘ra, bunga Meta tomonidan o‘zining sun’iy intellekt texnologiyalarini WhatsApp messenjerida qo‘llashi sabab bo‘lmoqda. Manbalarga qaraganda, rasmiy e’lon yaqin kunlarda berilishi kutilmoqda.

Meta kompaniyasi WhatsApp’da chat-bot va sun’iy intellekt yordamchisini integratsiya qilgan. Ushbu texnologiyalar Yevropa bozorida 2025 yil mart oyidan boshlab joriy etilgan.

Shu yil yozida Italiya hukumati Meta kompaniyasini sun’iy intellekt funksiyalarini bozor ustunligidan foydalangan holda ilgari surishda ayblab, alohida tekshiruv boshladi. Shuningdek, kompaniya boshqa ishlab chiqaruvchilarning chat-botlariga cheklovlar qo‘yayotgani haqida ham ayblovlar mavjud.

Ammo Yevrokomissiya hozircha mazkur masala bo‘yicha izoh bermagan. Meta vakillari esa tekshiruvning boshlanishi haqida rasmiy ma’lumotga ega emasliklarini bildirgan va Italiya hukumatining ayblovlarini asossiz deb atagan.

Mazkur jarayon Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarshi siyosatini yanada kuchaytirishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026