Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, С
ENRU

Yevropa Rossiya aktivlarini Ukrainaga yordamga yo‘naltirmoqchi

Dunyo
39
Yevropa Rossiya aktivlarini Ukrainaga yordamga yo‘naltirmoqchi
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yordam ko‘rsatish maqsadida Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ushbu qaror Moskva tomonidan keskin norozilikka sabab bo‘ldi. Yevropa Komissiyasining ma’lum qilishicha, Ukrainaga zarur mablag‘ keyingi ikki yil davomida Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan qoplanishi mumkin.

Rossiya esa bu rejani “o‘g‘irlik” deb atab, qonuniy choralar ko‘rishga tayyorligini bildirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Yevropadagi 210 milliard yevro miqdoridagi aktivlari muzlatilgan bo‘lib, ularning katta qismi Belgiyaning Euroclear bankida saqlanmoqda.

Yevropa Komissiyasi ushbu aktivlardan Ukrainaga 90 milliard yevro miqdorida kredit ajratishni taklif qilmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu mablag‘lar Rossiya tomonidan vayron qilingan infratuzilmalarni tiklash uchun ishlatilishini adolatli qaror sifatida baholadi.

Biroq, Belgiya ushbu rejadan xavotir bildirmoqda. Belgiyalik rasmiylarning fikriga ko‘ra, agar Rossiya javob choralarini ko‘rsa, moliyaviy zarar aynan Belgiya zimmasiga tushishi mumkin.

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi ichida ham bu masala bo‘yicha yakdil qaror yo‘q. Ayrim davlatlar Rossiya aktivlaridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa, boshqalar bu qaror huquqiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026