Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
+14°
пасмурно ветер 0 м/с, ЮЗ
ENRU

Yo‘qolgan it 3,7 ming km uzoqda topildi

Dunyo
33
Yo‘qolgan it 3,7 ming km uzoqda topildi
AQShda deyarli besh yil avval yo‘qolgan Choko laqabli it uyidan uch ming kilometr uzoqlikda topildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bu kichkina itning sarguzashti yo‘qolgan uy hayvonlarini topish borasidagi eng hayratlanarli voqealardan biriga aylandi. Choko 2021 yil may oyida Kaliforniya shtatining Antilopa shahrida yo‘qolgan edi.

Oradan yillar o‘tib, u nihoyat uyiga qaytdi. Bu haqda People nashri xabar berdi.

Itning bekasi Patritsiya doimo Chokoning topilishiga umid qilganini aytdi. "Men uning tirik ekaniga ishonardim va mikrochip borligini bilardim.

Faqat qo‘ng‘iroqni kutardim", – dedi u. Chindan ham, taxminan 4 yil 7 oy o‘tib, kutilgan qo‘ng‘iroq amalga oshdi.

Choko Detroyt yaqinidagi Linkoln-Parkdan, uyidan 3,7 ming kilometr uzoqlikda topildi. It boshpana yonida devorga bog‘langan holda turgan edi.

Xodimlar mikrochip orqali uning egasini aniqlab, darhol bog‘lanishdi. Patritsiya dastlab Choko Michigan shtatida ekanini eshitib, hayratda qoldi.

"Avvaliga xato bo‘lsa kerak deb o‘yladim, chunki Kaliforniyada ham Linkoln shahri bor", – deydi u. Itni uyga qaytarish masalasi murakkab bo‘lsa-da, "Helping Paws and Claws" notijorat tashkiloti yordamga keldi.

Ular Patrisiyaning ijtimoiy tarmoqdagi postini ko‘rib, Chokoni uyga qaytarish uchun maxsus operatsiya tashkil qilishdi. Bir nafar ko‘ngilli samolyot xarajatlari uchun aviakompaniyaning millarini xayriya qildi.

Michigan shtatidagi ko‘ngillilar esa Chokoni boshpanadan aeroportga olib borib, Kaliforniyaga kuzatib qo‘yishdi. Reyslar kechikkan bo‘lsa-da, sayohat bir kun ichida amalga oshdi.

3 dekabr kuni Choko nihoyat uyiga yetib keldi. Patritsiya it uni darhol taniganini va xursand bo‘lganini aytdi.

Bu vaqt ichida bekasining ikki farzandi tug‘ilgan va endi Choko yangi "uka va singillari" bilan tanishmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026